VISA’dan Offer Oldim

VISA’dan Offer Oldim

Software Engineering - Izzatulla


#LifeAtVisa

Bismillah. Sizlar bilan bugun qanday qilib VISA dan Software Engineer rolega offer olganim to’g’risida batafsil gaplashamiz.

Visa Software Engineer intervyulari anchagina challenging. Savollar yetarlicha qiyin va juda keng qamrovli topiclarni qamrab oladi.

Nimalarni kutish kerak.

VISA Software Engineering interview o’zi nima va timeline qanday? Bu odatda 3-4 hafta yoki undan ham ko’proq vaqtni oladi.

  • Resume screening.
  • Technical phone screen: 2-3 ta interview.
  • Online Coding Assessment.
  • Onsite Interviewlar.
  • Final FeedBack and Offer.

*Shuni yodda tutish kerakki, process qiyinlik darajasi va soni positionga qarab farqlanadi. Recruiter sizga har bir jarayon oldidan navbatdagi interviewda nima kutishingiz kerakligi to’g’risida habardor qilib turadi.

Acknowledgements:

  • Vohid Karimov - Dastlabki vaqtlarda ko'plab kompaniyalardan reject oldim. Lekin Vohid aka resumeyimni review qilib berganlaridan so'ng bir qancha kompaniyalardan offer oldim, shu jumladan VISA. Special Thanks.
  • Tony - Tohir aka avvaldan egallab kelgan DS&Algo hamda System Design bilimlarini hamda ularni o'rganish bo'yicha maslahatlarni ayamadi.

1. Resume screening

Dastlab, recruiterlar resumengizni yahshilab ko’rib chiqib, sizning tajribangiz va skillaringiz positionga qanchalik to’gri kelishini tekshirishadi. Mana shuning o’zi ham dastlabki raqobatli jarayon, statistikaga ko’ra ~70% dan ortiq kandidatlar shu jarayonning o’zida fail bo’lishadi.


2. Technical phone screen

Agar recruiter sizning resumengizni loyiq deb topsa ikki yoki undan ortiq technical phone screen uchun taklif qilinasiz. Bunday nomlanishiga asosiy sabab - recruiter siz bilan Telefon qo'ng'irog'i yoki Google Meet orqali video chat ko’rinishida suhbat qiladi.

Odatda, 30-45 daqiqa davom etadigan suhbatda sizga recruiter kompaniya haqida, yaqin kelajakdagi maqsadlar, proyektlar, stack, position details kabi ma’lumotlarni beradi. Shu bilan birgalikda sizga sohadagi tajriba va yutuqlariningiz to’g’risida chuqur tasnif so’raladi, ya’ni siz oldin ishlagan proyektlaringiz, ulardagi yutuq va kamchiliklaringiz, technical skills to’grisida short and clear ma’lumot berishingiz shart.


3. Coding assessment (70 minutes) - CodeSignal Test

Coding Assessment odatda 4 ta masaladan iborat bo’ladi va siz ularni 70 daqiqa ichida ishlashingiz va kamida 350(max 600) ball yig’ishingiz lozim. ps: Kamina 500dan yuqori urgan.

Savollar sizning DS & Algorithms bilimlaringizni sinash uchun qaratilgan. Jarayon CodeSignal platformasida bo’lib o’tadi. Siz savollarni o’zingiz uchun qulay dasturlash tilida ishlashingiz mumkin.

Aytib o’tganimdek savollar darajasi siz topshirayotgan positionga qarab har xil bo’ladi. Software Engineer role uchun 1ta Easy hamda 3 ta Medium darajadagi masala tushadi odatda.


4. Onsite Interviewlar

Onsite interviewlar avvallari kompaniyalarning o’zida face-to-face formatda bo’lib o’tgan hozirda esa online.

Har bir interview odatda 45 daqiqa va bir kunda ketma-ket orasida 15 daqiqalik tanaffus bilan bo’lib o’tadi:

  • Behavioral Interview
  • Technical Coding Interview
  • System Design Interview

4.a. Behavioral Interview

Ushbu segment odatda sizni haqingizda ko’proq ma’lumotga ega bo’lish, work experience, va jamoada qanchalik effektiv ishlay olishingizni aniqlashga qaratilgan bo’ladi. Odatda non-technical, general savolar beriladi.


4.b. Technical Coding Interview

Bunda sizga biror muammo yechim topish uchun beriladi va siz muammoni real-time code yozib solve qilishingiz,  kerak bo’ladi. Lekin bu bilan cheklanilmaydi odatda, sizga technic savollar beriladi, odatda code yozib ko’rsatishga undaladigan savollar. Maqsadi: sizning coding skilllaringiz, problem-solving approach, hamda qay darajada clean va efficient code yoz olishingiz tekshiriladi.


4.c. System Design Interview

Bu sectionda sizga odatda aniq product beriladi va sizdan uning system designini tuzish so’raladi. Odatda candidatening complex systemlarni design qila olish qobiliyati va software architecture understanding bilimlari tekshiriladi.


5. Final Feedback va Offer

Nihoyat, interviewerlar sizning performancengiz haqida summary yozishadi va sizni hire qilish yoki qilmasliklari to’g’risida o’z xulosalarini yozishadi.

Sahna ortida nima jarayonlar bo’ladi:

  • Interviewerlar feedback berishadi
  • Hiring committee xulosasi
  • Team matching
  • Manager approvement
  • Offer

Onsite Interviewlar tugagach odatda uch-to’rt kun ichida sizga recruiter bog’lanib sizga overall feedbacklarni aytadi va agar natijalar a’lo darajada bo’lsa sizga offer taklif qiladi.

Shaxsiy blogim - https://t.me/dasturchi_rais

Report Page