VII UzGTL stipendiya tanlovi

VII UzGTL stipendiya tanlovi

Uzbekistan GTL

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o’rtasida “VII UzGTL stipendiya" tanlovi va ishlab chiqarish amaliyotiga saralash dasturi e’lon qilindi.


Unda O'zbekiston Respublikasidagi texnika va texnologiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistratura ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.


Gʻoliblar quyidagi 3 bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi:


1. - bosqich > Joriy yilning 19-sentabr sanasidan 5-oktabriga qadar talabgorlardan ushbu havola orqali (https://docs.google.com/forms/d/1tcCFsrtHMwqFHfUReR5mYi3WrCmI_XZ_rD5cnSEd85g/edit) anketa to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.


2. - bosqich > Joriy yilning 15-oktabridan - 25-oktabriga qadar onlayn anketalar orqali saralangan talabalar o‘rtasida tanlagan mutaxassisliklari va xorijiy til bo‘yicha yozma ish shaklida imtihon o‘tkaziladi.


3. - bosqich > Joriy yil noyabr oyining ikkinchi haftasiga qadar ikkinchi bosqichda yuqori natijaga erishgan talabalar suhbatda ishtirok etadi.


— Tanlov doirasida o‘tkaziladigan har bir bosqich bo‘yicha batafsil ma’lumot (keyingi bosqichga o‘tgan talabalar ro‘yxati, imtihon o‘tkazish kuni, joyi va vaqti) Korxonanining rasmiy veb sayti (uzgtl.com) hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

-Gʻoliblarga 2025-2026 o‘quv yili davomida o'rnatilgan tartibda stipendiya to‘lab boriladi hamda oliy ta’lim tashkilotini tugatgandan so‘ng doimiy ish bilan ta’minlanadi.


-Shuningdek, ushbu dastur boʻyicha muvaffaqiyatli ishtirok etgan, lekin gʻolib boʻla olmagan talabalar ham “Uzbekistan GTL” MChJ zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Amaliyot davomida transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Korxona tomonidan qoplanadi.


*Izoh: Ushbu tanlovda Oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

-Dastur bo‘yicha savollar uchun +998 71 202 40 80 (10312)

Report Page