VERTIKAL TEGIRMON

VERTIKAL TEGIRMON

PX SERVIS

Tegirmon uskunasi tog' jinslari, mineral xomashyo va boshqa qazilmalarni maydalab, kukunsimon moddaga aylantirish uchun (tsement, gips va hk.) ishlatiladi. Ishlab chiqarilgan material kimyoviy, qurilish, tibbiyot va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi.

Tegirmon uskunalari quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:

  • markazdan-qochma zarbli tegirmonlar xom ashyoni quruq maydalash uchun ishlatiladi va xomashyoni qurilmaning turg'un va noturg'un qismlariga zarb bilan urish asosida ishlaydi.
  • shar-barabanli tegirmonlar xomashyoga ham quruq, ham xo'l ishlov berish uchun ishlatiladi. Ishlash printsipi xomashyoni uskunaning sharlariga urish asosiga qurilgan.
  • valkali tegirmonlar o'zining uncha katta bo'lmagan o'lchamlari, avtomatizatsiyasi bilan ajralib turadi va valkalari bilan xomashyoni maydalash printsipi asosida ishlaydi.
  • oqimli tegirmonlar havoni siqib, havo oqimi orqali xomashyoni o'ta mayda kukunga aylantiradi.
  • bolg'ali tegirmonlar o'ta chidamli po'lat bolg'alarning rotorlar yordamida bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishda aylantirish asosida ishlaydi.

Zamonaviy qurilish tegirmonlari, asosan, statsionar maydalash-taxlash qurilish komplekslari tarkibida qurilib, bir necha sifat talablariga javob beradi:

  • energiyaning tejamkor sarfi
  • yuqori sanitar normalari va ekologik xavfsizlik
  • ishlab chiqarish maydoni tejamkorligi
  • chiqindining kam chiqishi
  • yuqori maxsulkorlik

Report Page