VEON rahbari Toshkentdagi IT-parkning ochilishida ishtirok etdi

VEON rahbari Toshkentdagi IT-parkning ochilishida ishtirok etdi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida mamlakatimizning yetakchi telekommunikatsiya va IT-kompaniyalari hamda tegishli respublika boshqarmalari faoliyat yurituvchi “IT-Park” zamonaviy klasteri ochildi. IT-Parkning birinchi rezidentlaridan biri VEON guruhi tarkibiga kiruvchi “Beeline Uzbekistan” raqamli operatori bo‘ldi. Ochilish marosimida VEON GROUP rahbarlari Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashib, mintaqaviy “IT-Hub”da O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda ishtirok etish rejalari haqida so‘z yuritdi.

IT-Park - bu puxta o‘ylangan infratuzilma va ko‘p qavatli ofis binolariga ega butun bir mahalla. Eng katta va eng chiroyli binolardan birini “Beeline Uzbekistan” xodimlari egallaydilar. Klasterda bo‘lish boshqa rezidentlar va IT-Parkga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotgan davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatlarni osonlashtiradi. Bu O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni tezda yaratish va ishga tushirishga yordam beradi.

VEON GROUP bosh direktori Kaan Terzio‘g‘li mamlakat bosh vaziri bilan uchrashuvda ta’kidlaganidek, IT-Parkda nafaqat “Beeline” raqamli operatori, balki guruhning xalqaro IT-guruhlari ham ishlaydi. Buning natijalaridan biri O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari yaratilishi bo‘ladi. Shunday qilib, xoldingning birgina bo‘linmasi – BeeLab – hodimlari soni atigi olti oy ichida 15 dan 100 nafarga ko‘paydi. O‘zbekistonlik mutaxassislar o‘z vatanida ishga joylashish va muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun yangi imkoniyatlarga egadirlar. 

VEON GROUP ta’lim va yosh IT-mutaxassislarni tayyorlashga faol sarmoya kiritadi. Rejalar orasida o‘zining “Beeline” akademiyasini ochish ham ko‘zda tutilgan, u yerda bozorda, jumladan, kiberxavfsizlik sohasida talabga ega bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi.

VEON kompaniyasining asosiy maqsadi O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarini raqamlashtirishda faol ishtirok etishdan iborat. Shu bois infratuzilmani rivojlantirish, mamlakat aholisini yuqori sifatli raqamli xizmatlar bilan ta’minlash eng muhim vazifadir. Yangi loyihalar qatorida Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdlarida yuqori tezlikdagi mobil internetni yo‘lga qo‘yish ham bor. Ushbu loyiha O‘zbekiston Axborot texnologiyalari vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

– O‘zbekiston hukumatining qarorlari, sohani qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari bizni ruhlantirdi. Aloqa operatorlari bosh vazir bilan o‘z muammolari haqida shaxsan gaplashish, ularni tezkorlik bilan hal qilish yo‘llarini birgalikda izlash imkoniga ega. Bunday siyosat yangi istiqbollarni ochadi, mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni ko‘paytirish imkonini beradi. Biz sizning ulug‘vor va erishish mumkin bo‘lgan maqsadlaringizning ajralmas qismi ekanligimizga qat’iy ishonamiz”, — dedi Kaan Terzio‘g‘lu.

Uchrashuvda VEON kompaniyalar guruhi bosh maslahatchisi, Serbiya Respublikasining sobiq prezidenti Boris Tadic ham ishtirok etdi. O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlar mamlakat tajribasini jahon miqyosida o‘rganishga loyiq ekanini ta’kidladi. Bu Xitoy, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Bolqon mintaqasida Boris Tadich a’zo bo‘lgan yirik tahlil markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

    “Hech bir mamlakatda IT sohasiga bunday e’tiborni uchratmaganman. Ishonchim komilki,           O‘zbekiston barcha rejalarni amalga oshiradi va Markaziy Osiyoning asosiy “IT-Hub”iga aylanadi. O‘z navbatida, VEON har qanday ekspert yordamini ko‘rsatishga tayyor, xususan, potensial xalqaro investorlar yoki respublikani JSTga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan tashkilotlar bilan muzokaralarda. VEON barcha maqsad va ko‘rsatkichlarga erishishda O‘zbekistonning eng yaxshi yordamchisiga, shuningdek, IT-sohasida mamlakatning brend ambassadoriga aylanishi mumkin”, — dedi O‘zbekistonning Bosh vaziriga “Unitel” MChJ bosh maslahatchisi va direktorlar kengashi a’zosi Boris Tadic. 


Report Page