VEB DIZAYN kursi

VEB DIZAYN kursi

DEDMAX



 Web dizayn — ITʼning eng qiziqarli va serdaromad yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki, har qanday web sayt, web ilova va mobil ilovalar yaratilishidan oldin, uning qanday koʻrinishda boʻlishi, foydalanuvchiga har tomonlama qulay boʻlishi aynan Web dizaynerning qilgan ishiga bogʻliq.

Web dizaynda hozirgi kunda ish topish yoki ishlash oson bo’lib bormoqda chunki hozirgi kunda ushbu yo’nalishga talab ortmoqda va onlayn pul ishlash uchun imkoniyatlar katta.

Web-dizayner bu, web-sahifa dizaynini yaratadigan va ularni veb-saytlarga birlashtiradigan, internet texnologiyalarini tushunadigan, badiiy did va bilimga ega bo’lgan shaxs.

Web-dizaynerning asosiy vazifasi, Internet-loyihaga imkon qadar ko’proq foydalanuvchilarni qiziqtirishdir.

⠀Web-dizaynerning ikkinchi asosiy vazifasi, internetning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, loyihaning uslubiy dizaynini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’lishdir.

Boshqacha qilib aytganda, loyihani amalga oshirish uchun u, tarmoq tomonidan belgilangan standart talablarga javob berishi kerak, masalan: grafik elementlar (logotiplar, bannerlar, chizmalar va boshqalar) optimallashtirilishi kerak, rang va shriftni tanlashda, foydalanuvchi, loyihaning grafik ko’rinishini qog’ozda emas, balki monitorda ko’rishini inobatga olishi kerak.


Bosh menyuga qaytish.






Report Page