VDSga github action qo'shish

VDSga github action qo'shish

ilyosme

Assalom alaykum.

Agar siz haliyam githubga push qilib, keyin uni serverga pull qilayotgan bo`lsangiz. Biz siz bilan buni qanday qilib osonlashtirish mumkinligi haqida gaplashamiz.

Biz githubga push qilgan vaqtimizda githubning actions imkonyati bilan virtual serverimizda o`zgarishlar qilishimiz mumkin.

Avvalo localda proyektingiz ildizida .github/workflows/ci.yml faylini yaratishingiz kerak bo`ladi.

Keyin unga quyidagi code ni ko`chiring

name: CI
on: [push]
jobs:
  deploy:
    #masterga push qilganda ushbu script ishlasin deyabmiz
    if: github.ref == 'refs/heads/master' 
    runs-on: [ubuntu-18.04]
    steps:
      - uses: actions/labeler@v2
        with:
          # quyidagi qator esa github login bn bogliq
          repo-token: ${{ secrets.GITHUB_TOKEN }}

      - name: Push to server
        uses: appleboy/ssh-action@master
        with:
          host: ${{ secrets.SERVER_IP }}
          username: ${{ secrets.SERVER_USERNAME }}
          password: ${{ secrets.SERVER_PASSWORD }}
          script: cd path && git pull origin master && npm install && forever restart id 

Tepada secrets degan o`zgaruvchini ko`rishingiz mumkin, ushbuni github reponing settings bo`limi secretsda qo`shishingiz mumkin.

Va scriptda etibor bersangiz forever ishlatganman agar sizda pm2 bo`lsa bemalol ozgartiring. Albatta path va id ni yozish esdan chiqmasin.


https://www.freecodecamp.org/news/how-to-fix-git-always-asking-for-user-credentials/


Report Page