Bootcamp Web dasturlash full stack kurs
Najot Ta'lim
💁🏻♂️ Ushbu kursda nimalar oʻrgatilishi va aynan qanday vazifalar bajarilishi bilan batafsil tanishdan avval veb dasturlash haqida tushunib olishimiz zarur.
Dasturlash - Mehnat bozorida inson omilini kamaytirish, ishlarni osonlashtirish va avtomatlashtirish, ma'lumotlarni to'plab ularni qayta ishlash maqsadida kompyuterlarga kod yozish orqali amalga oshiriladigan sohadir.
• Dasturchi deganda ko'pchilik ko'zoynak taqib, kun bo'yi yoniga kaktus qo'yilgan kompyuterda kod yozib o'tiradigan botanikni tushunishadi.
Aslida esa dasturchi aniq maqsadlarga ega, kompyuterga dasturlash tillari orqali buyruqlar berib saytlar, dasturlar yasaydigan mutaxassisdir😎
Kursning asosiy maqsadi o’quvchiga veb dasturlash sohasi haqida to’liq, puxta asoslarni berish, shu bilan birga ishga joylasha oladigan tajribaga ega bo’lishiga yordam berish.

✔️ Har kuni 5 soatdan intensiv dars metodikasi;
✔️ Frontend va backend kursi bo'yicha 9 oylik maxsus o'quv reja;
✔️ Haqiqiy dasturlash muhiti;
✔️ Kurs davomida har doim savollaringizni ustozdan so’rash imkoniyati;
✔️ Soddadan murakkabgacha bo’lgan loyihalarda tajriba oshirish;
✔️ Amaliy ishga katta e’tibor;
✔️ Kodlarni sifatli yozilishiga katta ahamiyat berish;
✔️ Darsdan keyin qolib istalgancha shug’ullanish;
✔️ Nafaqat dasturlay olasiz, balki mustaqil ravishda o'zingiz veb ilovalar tayyorlay olasiz. Natijada siz ish beruvchilar yaxshi oylik berishga tayyor bo’lgan darajaga erishasiz.
HTML (Hypertext Markup Language)
Saytga turli elementlarni joylash, sayt tuzilmasini semantik jihatdan to'g'ri bo'lishini ta'minlash va HTML5 standardida kiritilgan yangi imkoniyatlardan foydalanish.
CSS (Cascading Style Sheets)
• Saytga elementlarni joylangandan so'ng ularning ko'rinishini o'zgartirish, turli bezaklar berish, joylashuvini boshqarish, turli murakkablikdagi animatsiyalar tuzish;
• CSSdagi flexbox imkoniyatidan foydalangan holda zamonaviy yondashuv bilan sayt tuzilmasini yig'ish;
• Saytni turli uskuna va brauzerlarda chiroyli ko'rinishini ta'minlash;
• CSS kodni hozirda eng qo'p qo'llaniladigan usullardan biri bo'lgan BEM usuli asosida yozish.
Sass - Syntactically Awesome Style Sheets
• CSS kod yozish samaradorligini bir necha barobarga oshirish;
• Saytning CSS kod arxitekturasini to'g'ri tuzish;
• CSSda mavjud bo'lmagan qo'shimcha imkoniyatlar yordamida kod yozishga ketadigan vaqtni qisqartirish.
Bootstrap kutubxonasi
• Bir qator ham CSS kod yozmay tayyor instrumentlar yordamida turli xil prototiplar tuza olish;
• Ko'p saytlarda uchraydigan bo'laklarni oson va tez yo'l bilan tuzish.
Git - talqinlarni boshqarish tizimi
• Kodni talqinlarga bo'lish va kod muhitini to'g'ri tuzish;
• Jamoa bo'lib ishlashda talab qilinadigan Gitga oid eng muhim amallarni ishlata olish;
• Tuzilgan saytni GitHub Pages xizmati yordamida tekinga internetga joylash va boshqalar bilan ulashish.
JavaScript - brauzerlarda ishlovchi yagona dasturlash tili;
• JavaScript dasturlash tili yordamida turli masalalarga yechim tuzish;
• Barcha dasturlash tillarida universal bo'lgan amallarni JavaScript tili misolida yoza olish;
• Brauzerga yuklangan kodni JavaScript DOM imkoniyatlari yordamida "jonlantirish" -tahrirlash, o'chirish va yangi elementlar joylash;
• Serverga so'rov berish bilan internetdagi ma'lumotlarni saytga keltirish va chiroyli dizaynda ko'rsatish.
JQuery - JavaScript kutubxonasi;
• JavaScriptdagi tabiiy koddan qisqaroq yo'l bilan saytga yangi imkoniyatlar qo'shish;
• DOMdagi elementlar ustida bajariladigan amallarni oson yo'l bilan boshqarish;
• Odatda ko'p ishlatiladigan jQuery kutubxonalarini saytga tatbiq qilish, sayt dizayniga moslashtirish.
Gulp - vazifalar bajaruvchisi
• Ko'p bajariladigan odatdagi ishlarni avtomatlashtirish va bu yordamida vaqtni tejash;
• HTML, CSS va JavaScript kodni optimallashtirish, to'g'ri tartiblash uchun zarur bo'lgan ishlarni Gulp plaginlari yordamida oson bajarish;
• Yangi standarddagi JavaScript kodni ES5 standardiga o'tkazish;
• Tayyor bo'lgan saytni serverga joylash;
• Rasmlar ustida amallar bajarish, ularni optimallashtirish.
Samaradorlikni oshirish
• Sublime Text 3 va VS Code dasturlarida ishlashda zarur bo'ladigan qisqartma amallarni o'rganish;
• Shu ikki dasturning tabiiy imkoniyatlarini turli paket va kengaytmalar yordamida ko'paytirish;
• Dasturlarda ishlash muhitini samarador ko'rinishga keltirib, moslashtirib olish.
ECMAScript 6
• JavaScriptga kiritilgan yangi imkoniyatlarni o'rganiladi. Bu bilan dasturni yozish vaqti qisqaradi, yozilgan kod tushunilishi osonlashadi. ECMAScript JavaScriptning hozirgi standarti bo'lib, bu dasturlashdagi zamonaviy usullardan foydalanishga imkoniyat yaratib beradi.
NodeJS
• JavaScript runtime, JavaScriptning o'zida tabiiy bo'lmagan imkoniyatlardan foydalanishga yo'l beradi. Tizim fayllari bilan ishlash va hokazo. NodeJSni bilgan holda backend dasturchi bo'lish mumkin. Zamonaviy backend dasturchilari hozirda barcha loyihalarni NodeJS orqali amalga oshirishmoqda.
PostgreSQL
• Ochiq manbali ma'lumotlar ombori. Bu yordamida sayt va dasturlarning ichidagi ma'lumotlarni saqlash, tahrirlash, o'chirib tashlash imkoniyatlari o'rganiladi. PostgreSQL boshqa ma'lumotlar ombori bo'lgan MySQLdan bir nechta xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ma'lumotlarni saqlashdagi, ximoyalashdagi va ishlash tezligi bo'yicha samarali bo'lgani tufayli katta-katta loyihalarda ishlatiladi. Xususan, NASA, yurik tibbiyot loyihalari va hakazo
Express JS
• Express JS bizga standartlarga mos holda backend servislar xususan REST API loyihalarni tayyorlashda foyda beradi. Express JS hozirgi kunda eng top web freymvorklardan hisoblanadi. Bozori chaqqan dermidi )
TypeScript
• TypeScript JavaScript tiliga boshqa mashhur tillardagi kabi imkoniyatlarni qo'shib beradi. Bu yordamida dasturchi kod yozishi davomida kamroq xatolarga yo'l qo'yishi, toza kod yozishi mumkin bo'ladi. Bu o'z navbatida, dasturlashning zamonaviy usullaridan foydalanishga imkoniyat yaratib beradi.
React
• JavaScriptning tabiiy DOM hodisalari bilan ishlashni yengillashtiruvchi freymvork. Hozirda bu texnologiyani biluvchilarga yaxshi oyliklar taklif qilinadi.
✔️ Har bir mavzu imkoni boricha ko'proq amaliy mashqlarda mustahkamlanadi.
✔️ Kurs davomida o'quvchilar bilimlari davomiy tarzda turli test va amaliy topshiriqlar bilan tekshirib boriladi, kerakli tavsiyalar beriladi, baholanadi;
✔️ Kurs oxirigacha o'quvchilar salmoqli portfolio (ishlar jamlanmasi) yig'a olishadi;
✔️ Har bir bo'limda sohadagi standardlar va tavsiya qilingan amaliyotlar o'rganiladi, amaliy mashqlarni bajarishda shulardan foydalanishga urg'u beriladi.

✔️ Ixtiyoriy turdagi vebsayt va veb dasturlar yaratish mumkin:
✔️ Sodda tashrif qog'ozi sayti
✔️ Lending sahifalar
✔️ Bloglar
✔️ Korporativ saytlar
✔️ Internet do'konlar
✔️ Telegram botlar
✔️ Korxonalarning ichki ishlash tartibini avtomatlashtirish
✔️ Bir sahifali tezkor saytlar tuzish
✔️ Dasturiy injener mutaxassisligi uchun puxta fundamentga ega bo'ladi
✔️ Umuman olganda, yuqoridagi texnologiyalarni o'rgangan holda nafaqat saytlar balki, murakkab hisob kitobga ega browserlar orqali ishlovchi amaliy dasturlarni ham yaratish mumkin.

• Ishga kirishda katta e'tibor beriladigan rezyume va portfolioni to'g'ri tuza olish;
• Ish beruvchi bilan shartnoma tuzayotganda nimalarga e'tibor berish;
• Ish haqini to'g'ri baholash.
Bootcamp web dasturlash kursi 9 oy davomida haftda 5 kun 5 soatdan mashg'ulot olib borasiz. 9 oydan so'ng esa 1 oy davomida mutlaqo bepul amaliyot o'tash imkoni taqdim etiladi.
Universitetda 4 yil konspekt yozib full stack veb dasturchi bo'lib yetisholmaysiz.
Telefon: +998712001123
1-Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 72A uy
Mo'ljal: Talabalar shaharchasi, Chimboy bekati, Xalq banki roʻparasida