VAZIR BIRINCHI O‘RINBOSARI JIZZAXDA


2021-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri birinchi oʼrinbosari Usman Sharifxodjayevning Jizzax viloyati Forish tumaniga tashrifi bo‘lib o‘tdi va ushbu tashrifga Jizzax viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Sadriddinova, Forish tumani xalq taʼlimi bo‘limi mudiri Sobir Voqqosovlar xamrohlik qilib tumandagi 5-sonli va 55-sonli umumtaʼlim maktablarining xayoti bilan yaqindan tanishishdi.


Shundan so‘ng maktab bitiruvchilari 11-sinf o‘quvchilari bilan ularni kelajakda tanlagan kasblari, tanlagan oliy taʼlim muassasalari va yo‘nalishlari xaqida suxbat tashkil etildi va tuman xalq taʼlimi bo‘limi raxbariyati xamda umumtaʼlim maktabalari direktorlariga taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, taʼlim tizimidagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlarni bayon qilishdi.


Tashrif davomida Jizzax shahar xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli 8-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining IT soxasidagi qurulish jarayonlari bilan tanishishdi va Jizzax viloyat xalq taʼlimi boshqarmasiga qarashli 29-Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganib chiqildi.


Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.