"VAZIR KUBOGI" MUSOBOQALARI DAVOM ETMOQDA

"VAZIR KUBOGI" MUSOBOQALARI DAVOM ETMOQDA


Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnalogiyalar universitetining sport maydonida soat 15:00 da tashkil etilgan  sportning futbol turi bo'yicha 1-bosqich Biotexnalogiya fakulteti talabalari o'rtasida Oliy ta'lim Vaziri kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqa juda ham ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Ushbu o'yinda 102 va 108-guruh futbolchi talabalari 1:1 hisobda natija ko'rsatishdi, penaltiylar serriyasida esa 2:1 hisobida 102-guruh g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Ikkinchi o'yinda esa, 106 va 104-guruhlar talabalari o'rtasida shiddatli o'yin bo'lib o'tdi va natijada 2:2 hisob qayd etildi. Penaltiylar serriyasida esa, 2:1 hisobida 106 -guruh futbol jamoasi talabalari g'olib bo'ldi.

103 va 107-guruhlar o'rtasidagi o'yinda 6:2 hisobda 103-guruh talabalarning futbol jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi va keyingi bosqichga o'tish uchun yo'llanmaga ega bo'ldi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Marvaridbonu Jumayeva

Biotexnologiya fakulteti Axborot xizmati

@biotexnologiyamatbuoti

Report Page