VATANIMGA TAYANCHMAN

VATANIMGA TAYANCHMAN


✔️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi siyosiy ma'rifat soati o'tkazildi. 

✔️Bu galgi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi.

♻️Ushbu vatanparvarlik soati tadbirida institutning professor va katta ilmiy xodimlari hamda doktorantlari ishtirok etishdi.

✔️Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan tayyorlangan qisqa metrajli video lavha hamda «Vatanimga tayanchman» mavzusidagi tezislardan foydalanildi. 

✔️Tadbir qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligi to‘g‘risida qisqacha tarixi, rivojlanish strategiyasi hamda Yangi O‘zbekiston armiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar borasidagi tushunchalarga ega bo‘ldilar. 

✔️Tadbir so‘ngida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Qurolli Kuchlari haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini yuksak faxr va g‘urur bilan tilga olib, sharafli kasbga bo‘lgan hurmat-ehtirom hislarini bildirishdi.


Report Page