V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH

V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH


91-maqsad: Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish

Vazifalar: Markaziy Osiyoda mintaqaviy ekologik masalalarni muhokama qilishga qaratilgan parlamentlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar: Xalqaro tajribani o‘rganish natijalari bo‘yicha axborot tahliliy ma’lumot tayyorlash.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Oliy Majlis palatalari


93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish

Vazifalar: O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 8-yig‘ilishini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar: O‘zbekiston bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishini o‘tkazish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakil


98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish

Vazifalar: Seysmik faol zonalarda seysmik xatarni (riskni) kamaytirish/boshqarish uchun “Kuchli zilzilalar ta’sirida hududlarning talafot darajasini baholash imkonini beruvchi raqamlashtirilgan simulatsiya modellari”ni yaratish (Toshkent shahri misolida).

Amaliy chora-tadbirlar: Seysmik faol zonalarda kuchli zilzila bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Favqulodda vaziyatlar vazirligi


100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish

Vazifalar: Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovini tashkil etish hamda qo‘shimcha ravishda 6 ta tilda (qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirg‘iz va turkman) o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar: Tanlovni talabalar o‘rtasida tashkil etish va o‘tkazish.

Ijro uchun asosiy ma'sullar: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Report Page