Taklif etilayotgan ba'zi o'zgarishlar

Taklif etilayotgan ba'zi o'zgarishlar


- Prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilga uzaytiriladi;

- Prezident O‘zbekiston davlat rahbari saylovini muddatidan oldin belgilash huquqiga ega bo‘ladi;

- Prezident vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, shu masaladagi farmonlarni keyinchalik Senat tasdig‘iga kiritadi;

- Bosh vazir nomzodini saylovda yutgan partiya emas, Prezident parlament quyi palatasiga taqdim qiladi. Bunda u barcha partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashadi;

- Prezident viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarini bosh vazirning roziligisiz tayinlashi va lavozimidan ozod etishi mumkin bo'ladi;

- Hokimlar endi deputatlik kengashlariga rahbar bo'la olmaydi, ammo senator bo'lish huquqini saqlab qoladi;

- Senat a'zolari soni 100 tadan 65 taga qisqartiriladi. Prezident tayinlashi mumkin bo‘lgan senatorlar soni 16 tadan 9 taga qisqaradi;

- Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari soni 5 tadan 12 taga, Senatnikini 14 tadan 18 taga oshiriladi. Prezidentning ijro va sud hokimiyati tizimini shakllantirish sohasidagi amaldagi vakolatlarining bir qismi parlamentga o‘tadi;

- Qonunchilik palatasi va Senat deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismining ko‘pchilik ovozi bilan o‘z-o‘zini tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli bo‘ladi;

- Palatalarning qo‘shma yurisdiksiyasiga korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yillik milliy hisobotni eshitish, davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash, parlament tekshiruvini o‘tkazish kabi vakolatlar kiritiladi;

- Bosh vazir va hukumat a’zolarining hisobotlarini eshitish, davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish, Hisob palatasi raisining hisobotini eshitish kabi vakolatlar Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida belgilanadi;

- Sudyalar oliy kengashining barcha a’zolarini Senat tomonidan saylash tizimi joriy etiladi;

Report Page