Uzumni qayta ishlash sanoati: ilg‘or tajriba va imkoniyatlar

Uzumni qayta ishlash sanoati: ilg‘or tajriba va imkoniyatlar


 Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida vazir Toyloq tumanida joylashgan “Bog‘izag‘on” MChJ ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Bugunga kelib O‘zbekiston Markaziy Osiyoda uzumchilik va uni chuqur qayta ishlash bo‘yicha asosiy davlatlardan biri hisoblanadi. Bu soha uchun qulay bo‘lgan iqlimiy shart-sharoitlar qish faslida yaxshi saqlanadigan, uzoq masofaga tashishga moslashgan, shuningdek, har turli vino, sharbat, konsentrat, konyaklar va shampan vinolarini ishlab chiqarishda xomashyo bo‘ladigan hamda, iste’mol yo‘nalishidagi ko‘plab yuqori sifatli navlarni yetishtirishga imkon beradi.

Mazkur uzumchilik klasteri ham uzumni qayta ishlash bilan bir qatorda, turli markali vino va konyak ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu yerda vino mahsulotlari ishlab chiqarish 2 yo‘nalishga bo‘lingan, ya’ni ishlash va qayta ishlash. Bundan tashqari bu yerda xorijga eksport qilish imkoniyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada maxsus omborxona tashkil qilingan bo‘lib, bir necha yillik mahsulot namunalari saqlanmoqda. Muxtasar aytganda, bir mahsulotdan ikki xil xom-ashyo ishlab chiqarilmoqda.

Vazir o‘z navbatida fermer xo‘jaliklarining fikr va mulohazalarini tinglab, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Aytish joizki, uzum xalqimizning turmush tarzi va urf-odatlari bilan bevosita bog‘lanib ketgan. Har bir ko‘chada, xonadonda tok bo‘lgan. Husayni, Toyfi, Rizamat ota, Kelinbarmoq va Kishmish kabi uzumlarimizning dovrug‘i uzoq-uzoqlargacha tanilgan. Ayni kunlarda ularning safiga jahonga mashhur Muskat, Risling, Rkatsiteli, Saperavi, Budeshuri, Kaberne fran kabi seleksiya qilingan uzum navlari ham kelib qo‘shilgan. Ayni shular korxonada mahsulot tayyorlash uchun asosiy xosh-ashyo vazifasini o‘tamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Bog‘izag‘on” MChJ ishlab chiqarish korxonasi jami 906 gektar maydonga ega bo‘lib, u yerda 137 ta fermer xo‘jalik faoliyat olib boradi. Fermer xo‘jaliklarining 612 gektar maydoni hamda klasterni o‘zidagi 294 gektar maydon uzum yetishtirishga ixtisoslashgan.


Report Page