Uzum Tezkor bir vaqtning o'zida 3 ta yangi shaharda ishlashni boshlandi

Uzum Tezkor bir vaqtning o'zida 3 ta yangi shaharda ishlashni boshlandi

Uzum

Buxoro, Navoiy va Namangan shaharlarida Uzum Tezkor restoran va do'konlaridan tezkor yetkazib berish servisi ishga tushirildi. Navoiy shahrida Uzum Tezkor kafe, restoran va do'konlardan birinchi yirik ekspress-yetkazib berish servisi bo'ldi. 

 

Yangi shaharlarda 100 dan ortiq muassasalar allaqachon servisning sheriklariga aylanishdi — bu milliy tarmoqlar va aholining sevimli mahalliy muassasalari. Namangan, Navoiy va Buxoroda Uzum Tezkor foydalanuvchilari uchun yetkazib berish bepul bo'ladi. Sevimli taomlaringizga buyurtma berish uchun Uzum Tezkor ilovasini yuklab olmasa ham bo'ladi — buyurtma Uzum Market ilovasida, shuningdek servisning Uzum Tezkor:Ovqat Telegram boti orqali amalga oshirilishi mumkin.

 

— Uzum Tezkor servisi O'zbekistonning 7 shahrida mavjud bo'lib, yil oxirigacha mamlakat bo'ylab yana bir qancha yirik aholi punktlarida ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz. Bu kafelar, restoranlar, do'konlar o'sishi va yangi mijozlarni jalb qilish uchun yanada ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lishini, shahar aholisi esa yangi ish o'rinlari va, albatta, tez yetkazib berish bilan yangi taomlarni tatib ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishini anglatadi, — deydi Uzum Tezkor servisining tijorat direktori Andrey Kovakin. — Uzum Tezkor nafaqat poytaxtda, balki mamlakatning boshqa hududlarida ham yetkazib berishni rivojlantiruvchi drayverga bo'ldi. Shunday qilib, bizning tadqiqotlarimiz natijalariga ko'ra, Uzum Tezkor — Farg'ona aholisi uchun yetkazib berish agregatorlari orasida №1 tanlov. Navoiy, Namangan va Buxoro aholisi ham servisimiz qulayligi va sifatini baholashiga aminmiz. 

 

Servisning yangi foydalanuvchilari uchun birinchi 3 ta buyurtmaga 20 000 so'm chegirma beruvchi TEZ3 promokodi, shuningdek, muassasalardan maxsus takliflar mavjud. 

 

Bugungi kunda Uzum Tezkordan yetkazib berish orqali mamlakatning 7 shahrida 1000 dan ortiq kafe, restoran va do'konlardan oziq-ovqat va tovarlarga buyurtma berish mumkin. Uzum Tezkor Makro supermarketlaridan nafaqat Toshkentda, balki Farg'ona va Andijonda ham oziq-ovqat mahsulotlarini buyurtma qilish imkoniyati mavjud bo'lgan birinchi servis bo'lib, aprel oyi oxirigacha esa Namangan shahrida ham oziq-ovqat yetkazib berishni yo'lga qo'yish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, xizmat ko'rsatish sifati va yetkazib berish tezligi o'zgarishsiz qolmoqda — o'rtacha, Uzum Tezkor servisining kuryerlari buyurtmalarni 30 daqiqada olib kelishadi. Yetkazib berish tezligini ta'minlash uchun Uzum Tezkorda aqlli algoritmlar qo'llaniladi kuryer marshrutlarini optimallashtirish, shuningdek, restoranlarda jarayonlarni boshqarish xizmatlari bilan birlashadi, buning natijasida buyurtma darhol kafe yoki restoran oshxonasiga yuboriladi.

 

Report Page