Uzum O‘zbekistonning eng qimmat 5 brendi qatoriga kirdi
UzumBrand Finance xalqaro agentligi birinchi marta 2024 yilda O‘zbekistonning eng qimmat brendlari reytingini tuzdi. Uzum reytingdagi eng yosh kompaniyaga aylandi — bir yil ichida milliy raqamli ekotizim brendi mamlakatdagi eng qimmat kompaniyalardan biriga aylandi.
Xalqaro ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Uzum brendi А- (strong) reytingi bilan 39 million dollar turadi, bunda Brand Finance tahlilchilari kompaniyaning qiymati, biznes samaradorligi, tovar belgilarining qiymati, shuningdek marketing investitsiyalari va brend haqidagi xabardorligini hisobga oladi. Baholash Uzum xalqaro fondlardan investitsiyalar jalb qilib, 1 milliard dollardan ortiq bahoga ega bo‘lgan birinchi milliy texnologik kompaniyaga aylanganligi haqida e’lon qilinishidan oldin amalga oshirilgan.
Mamlakatning yetakchi kompaniyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan mamlakatni xalqaro biznes hamjamiyatida targ‘ib qilish va jahon kompaniyalari va investitsiya fondlari bilan aloqalarni mustahkamlash vas shu tariqa O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladigan kampaniyasi doirasida taqdim etildi.
— Yaratilayotgan qulay ekotizim va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tufayli innovatsion tadbirkorlik faolrivojlanmoqda. Albatta, bu xalqaro hamjamiyatning e’tiborini tortadi, bu esa o‘z navbatida mamlakatga ko‘proq invesitsiya kiritishga yordam beradi. Ushbu investitsiyalar iqtisodiyotning o‘sish tempini ham mikro, ham makrodarajada ushlab turadi, — deydi O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish agentligi vakili Jahongir Nishonov. — Milliy kompaniyalar ulkan salohiyatga ega va O‘zbekiston tarixida birinchi raqamli "yakkashox" bo‘lgan Uzum misoli buni tasdiqlaydi.
— Innovatsion rivojlanish agentligi, Investitsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park hamda boshqadavlat organlari tomonidan olib borilayotgan O‘zbekiston va milliy kompaniyalarni ommalashtirish borasidagi ulkan ishlarni qadrlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz, — deydi Uzum operatsion direktori Roman Lavrentyev. — O‘zbekiston kompaniyalarining jahon brendlari reytingida paydo bo‘lishi bu boradagi yana bir muhim qadamdir. Bugungi kunda 10 nafar o‘zbekistonlikning 9 nafari milliy raqamli ekotizim brendini biladi. Bu butun ekotizim jamoasi ishining natijasi va yuqori sifatli raqamli servislar xususiy foydalanuvchilar va tadbirkorlar orasida talabga ega ekanligidan dalolat beradi. Ishonchim komilki, bu yil oxirida biz milliy brendlar reytingida yana bir necha pog‘onaga ko‘tarilamiz.