Uzum OxFounders Global X WIUT Startup Summit'ni qo‘llab-quvvatladi

Uzum OxFounders Global X WIUT Startup Summit'ni qo‘llab-quvvatladi

Uzum

Oksford universitetining OxFounders Global bitiruvchi tadbirkorlar hamjamiyati va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan tashkil etilgan Startup Summit doirasida Uzum ekspertlari O‘zbekistonning birinchi IT-yakkashoxi qanday yaratilgani haqida so‘zlab berishdi, shuningdek, startaplar tanlovining hakamlar hay’ati qatoriga kirib, g‘olib jamoalarga sovrinlar topshirishdi. 


Startup Summit doirasida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlaridan kelgan yosh mutaxassislar birinchi marta o'z loyihalarini OxFounders, Domino Ventures, Swift Launch, Sturgeon Capital, Uzum Bank va boshqa O'zbekiston kompaniyalari vakillaridan iborat hakamlar hay’atiga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tanlovda ishtirok etish uchun jami 16 ta startap ariza topshirgan, ulardan faqat 8 tasi short-listga kirgan.


— Biz yosh mutaxassislarni o‘sish va innovatsiyalar yaratish istagida faol qo‘llab-quvvatlaymiz va, albatta, katta g‘oya va iqtidorli jamoa mamlakat uchun noyob loyiha yaratishi mumkinligiga namuna bo‘lishdan xursandmiz, — deydi Uzum operatsion direktori Roman Lavrentyev. — Va, albatta, mentorlarning yordami va maslahati bilan yoshlarda o‘z g‘oyalari va loyihalarini hayotga tatbiq eta olishlariga ishonamiz. 

Uzum Bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Rasuljon G‘ulomov sammitga hakamlar hay’ati a’zosi sifatida qo‘shildi. Baholashning asosiy mezonlari startaplarning muvaffaqiyatli bo‘lishi, ularning bozor uchun unikalligi va investitsion jozibadorligi edi. Birinchi uchta o‘rinni o‘zbekistonlik STEMIO, Mohir AI va qirg‘izistonlik Mugalim startaplari egalladi, loyihalar Swift Launch stipendiyasi va Uzum ekotizimidan sovg‘alarni qo‘lga kiritishdi.


Report Page