Uzum Marketda yo‘l boshlanishi

Uzum Marketda yo‘l boshlanishi


Uzum Marketda biznesni tezroq boshlash va muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan foydali havolalar:

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Tadbirkorlik yo‘lidagi birinchi qadam – biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish. Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish moduli Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida mavjud.

2. Elektron raqamli imzo

Biznes yuritish uchun sizga elektron raqamli imzo (ERI) kerak bo‘ladi. Uni e-imzo saytida olish mumkin.

3. Elektron soliq xizmatlari

Elektron soliq xizmatlari yordamida soliqlaringizni oson va sodda boshqaring.

4. Uzum Academy

Uzum Academy yordamida biznesdagi bilim va ko‘nikmalaringizni oshiring. Bu yerda ko‘plab foydali kurslarni topasiz.

5. Uzum Market

O‘z do‘koningizni yarating va Uzum Marketda sotishni boshlang.

6. Uzum Market marketpleysi bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma

Platformada ishlashning barcha ikir-chikir va nozik tomonlarini bilib olish uchun Marketpleys bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishing.

7. Ulgurji xaridlar uchun platformalar:

▪️ Ulgurji xaridlar uchun eng ommabop saytlardan biri 1688.com orqali biznesingiz uchun tovarlarni toping;

▪️ Ulgurji xaridlar uchun yana bir sayt – Alibaba. Bu yerda arzon narxlarda keng assortimentdagi tovarlarni topasiz.



Report Page