Uzum Marketda xaridor bo‘lgan sotuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qadam-baqadam yo‘riqnoma

Uzum Marketda xaridor bo‘lgan sotuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qadam-baqadam yo‘riqnoma


  1. Platformada ro‘yxatdan o‘tish uchun Uzum Market saytiga kirib, “Kirish” tugmasini bosish kerak;
  2. Xaridor akkauntidagi telefon raqamini kiriting va “Parolni unutdim” tugmasini bosing;
  3. Parolni tiklash uchun oyna ochiladi, unda avval kiritilgan telefon raqami ko‘rsatiladi. “Qabul qilish” tugmasini bosish kerak;
  4. Siz ko‘rsatgan raqamga 6 ta sondan iborat sms-xabar keladi. Ularni tegishli maydonchaga kiriting va “Davom etish” tugmasini bosing;
  5. Parolni tiklash oynasi ochiladi. Yangi parol yaratish va uni takror kiritish kerak. So‘ng “Saqlash va davom etish” tugmasini bosing;
  6. Keyin, elektron pochtangizni tasdiqlash uchun oyna paydo bo‘ladi, lekin siz telefon raqami orqali tasdiqlash oynasiga qaytishingiz kerak. Buning uchun “Orqaga” tugmasini ikki marta bosing;
  7. So‘ng siz brauzerda yangi sahifa ochib, Uzum Market sayti havolasini kiritishingiz va “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limi mavjud bo‘lgan “Shaxsiy kabinet” tugmasini bosishingiz kerak;
  8. Uchta nuqtaga, keyin “Tizimdan chiqish” tugmasini bosing. Kirish sahifasiga o‘tasiz;
  9. Telefon raqami va avval yaratgan parolingizni kiriting. “Davom etish” tugmasini bosing;
  10. Tizim profilga elektron pochtangizni qo‘shishni va tasdiqlashni so‘raydi. Siz ko‘rsatgan pochtaga “no-reply” jo‘natuvchidan 6 xonali tasdiqlash kodi keladi, uni kiritishingiz va “Davom etish” tugmasini bosishingiz kerak. Pochtangizda bu jo‘natuvchi ko‘rinmasa, xatni Spam papkasida tekshiring. Parolni ko‘chirib oling va email qo‘shish jarayonini yakunlash uchun Uzum Market saytiga o‘ting.


Ko‘rib turganingizdek, “Mening profilim” sahifasida pochta qo‘shilgan. Faqat ismingizni qo‘shish va barcha kerakli maydonlarni to‘ldirishingiz kerak.



Report Page