Uzum Market sotuvchilar uchun komissiyalarni pasaytirmoqda

Uzum Market sotuvchilar uchun komissiyalarni pasaytirmoqda

Uzum

11-iyundan boshlab milliy marketpleys 15 guruhdagi tovarlar uchun komissiya stavkalarini tushirmoqda. Endi “Uzum Market”da savdo qilish yanada manfaatli boʻldi.


Quyidagi tovarlar sotuvchilari uchun komissiyalar 2,5 karra, yaʼni 25% dan 10% gacha pasaydi:

 

●      Futbolka, koʻylak, tugmasiz yaktakcha;

●      Polzunka va ishtoncha;

●      Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun diniy kiyim;

●      Koʻylak va yubka;

●      Ichki kiyim;

●      Jemper va tolstovka;

●      Ustki kiyim;

●      Bodi va kombinezon;

●      Kostyum va komplektlar;

●      Paypoq, boshmoqcha;

●      Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun qalpoqcha, chepchik va qoʻlqopcha.

 

Shuningdek, “Uzum Market” quyidagi tovarlar sotuviga belgilangan komissiyalar miqdorini ham tushirmoqda: suvni filtrlash tovarlari (30% dan 20% gacha), aravacha va zambilgʻaltak (20% dan 15% gacha), kultivatorlar (20% dan 10% gacha), kuchlanish stabilizatorlari (10% dan 7% gacha).

 

–Bolalar uchun mahsulotlari, uy-roʻzgʻor va bogʻ uchun mollar, elektronika – bular “Uzum Market”da juda yuqori talabga ega tovarlar hisoblanadi. Shunday qilib, yozning birinchi ikki haftasida bogʻ ishlariga zarur tovarlarga va konditsionerlarga talab oshmoqda, kuchlanish stabilizatorlari esa shahar atrofida yashovchi omma va kichik aholi manzillarida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bolalar kiyim-kechaklari esa har qanday onlayn platformaning eng koʻp sotiladigan mahsulotlaridandir, - deydi “Uzum Market”ning sotuvchilarni jalb etish va rivojlantirish departamenti direktori Artyom Gerasimov. – Ayni paytda ushbu turkumlardagi mahsulotlar savdosi bilan shugʻullanuvchi sotuvchilar yangi mijozlarni faol jalb etishi mumkin, biz esa platforma sifatida butun mamlakat boʻylab 86 ta aholi punktida yashovchi kishilarga yanada manfaatli narxlarda zarur tovarlarni tanlash imkoniyatini yaratib beramiz.

 

1-maydan boshlab “Uzum Market” tovarlar turkumi boʻyicha komissiyalarni hisob-kitob qilishning yangi mexanikasini ishga tushirdi, bu esa marketpleysga shartlarning shaffofligini taʼminlash uchun komissiya stavkalarini yanada qulay tartibga solish, sotuvchilarga esa tovarlar marjasini yanada samarali hisoblash imkonini beradi. Bunda “Uzum Market”ning komissiya stavkalari nafaqat Oʻzbekistondagi, balki butun MDH mamlakatlaridagi marketpleyslar orasida eng pastlaridan boʻlib qolmoqda.

 

Bugun “Uzum Market” milliy marketpleysida butun mamlakat boʻylab 10 mingdan ortiq tadbirkor va kompaniyalar o’z mahsulotlarini sotmoqda. Shu yil oxirigacha marketpleys buyurtmalarni topshirish punktlari tarmogʻini 3 karra koʻpaytirib, barcha shaharlar va 10 mingdan ziyod aholi istiqomat qiluvchi shaharchalarni qamrab olmoqchi. Bundan tashqari, assortimentni 2 mln tovar birligigacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.

 



Report Page