Uzum ICT4Girls dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida hamkorlik qildi 

Uzum ICT4Girls dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida hamkorlik qildi 

Uzum

Dasturlash olimpiadasining respublika bosqichi g'oliblari, mamlakatning turli hududlaridan bo'lgan 12 nafar qiz Uzum milliy raqamli ekotizimidan planshet va noutbuklarni oldi.

 

Olimpiadada mamlakat bo'ylab jami 242 nafar qiz ishtirok etdi, tanlov davomida ular C++ yoki Python dasturlash tillarida muammolarni hal qilishdi. Birinchi bosqich yakunlari bo'yicha eng ko'p ball to'plagan 45 nafar ishtirokchi olimpiadaning respublika bosqichiga o'tish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ushbu bosqichning 12 nafar g'olibi trening-butkemp o'tish imkoniyatiga ega bo'ldi, uning yakunlariga ko'ra, ulardan 4 nafari joriy yilning iyul oyida Niderlandiyada bo'lib o'tadigan qizlar o'rtasida informatika bo'yicha Yevropa olimpiadasida (European Girls’ Olympiad in Informatics) O'zbekistonni taqdim etadi.

 

— Bizning maqsadimiz qizlarga IT sohasida rivojlanish imkoniyatini berish, texnologiya va rivojlanish sohasida kasb-hunar egallashga bo'lgan intilishlarini qo'llab-quvvatlashdir, — deydi Muxlisa Xudayberganova, IT'ga iqtidorli yoshlarni jalb qilish boshqarmasi boshlig'i. — Olimpiadabu butun mamlakat bo'ylab qizlar uchun o'zini ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat va biz hamkorlarimizga yosh iste'dodlarni qo'llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

 

IT sohasi butun mamlakat bo'ylab yosh mutaxassislar uchun noyob imkoniyatlar yaratmoqda va biz O'zbekistonning yetakchi raqamli ekotizimi sifatida IT-ta'limni rivojlantirish va ommalashtirishni faol qo'llab-quvvatlaymiz, deydi Uzum tashqi kommunikatsiyalar va ijtimoiy loyihalar direktori Mariya Skorik.Ishonchim komilki, ICT4Girls ishtirokchilari O'zbekistonni Yevropa bosqichida munosib taqdim etishadi, ehtimol ularning orasida biz bilan birgalikda Uzum ekotizimini rivojlantirishimiz mumkin bo'lgan bo'lajak hamkasblarimiz ham bor.

 

ICT4Girls olimpiadasini maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Amiti universiteti va Uzum bilan hamkorlikda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi tashkil etdi.



Report Page