UzrapBIO mehmoni: ZIOD

UzrapBIO mehmoni: ZIOD

t.me/uzrapmedia

Assalomu aleykum barcha kuzatuvchilarimizga. Bu hafta UZRAPMEDIA sizlar uchun #UzrapBIO loyihasida siz kutmagan mehmon, butun uzrap rivojiga katta hissa qo'shgan blogger, bizning tilimizda aytganda muhbir. Bugungi mehmonimiz UZRAPBLOG ning admini - ZIOD!!!

Suhbatimiz hammaga qiziq bo'ladi degan umiddamiz. :)

UZRAPBLOG


➖ Assalomu aleykum, standart savollarimizdan boshlasak 😊

Ism sharfingiz?

Vallekum assalom
Ismimi ko'pchilik to'liq bilmasa kerak, Ziyovuddin Turdaliyev Mansurovich


➖ Mana bahonada biz bilib oldik )

Tug'ilgan sana❓

1997 yil 14 Iyun


➖ Qayerda tavallud topgansiz❓

Qo'qon shahar, chorsu


➖ Uzrap olamiga qanday qadam bosgansiz❓ Birinchi eshitgan trackingiz❓

Umuman yoshligimdan rap eshitganman, uzrapga hamma qatori Al Vakil, Radius 21 eshitib bilingan, demak "o'zbek tilidagi rap shu ekandaa" kabi holat ya'ni


➖ Siz Uzrap olamida o'zingizni "Blog"ingiz tufayli o'z auditoriyayzga erishdingiz, bu "Blog" degani o'zi nima⁉️

Blog nimaligi o'zi hammaga ma'lum bo'lsa kerak, kanaldi yangi ochganimda ham ma'lumot berib keyin boshlaganman, ya'ni nima qilayotganimi farqiga borgan holda qilmoqdaman degandek.


➖ Blog yurg'izish ideasi qayerdan tug'ildi❓

Ideasi uzoq hikoya, qisqa qilsak rap bir sektor holiga kelmagan bo'lsa ham jurnalist, habarchilari bo'lishi kerak, kimdir e'tiborini "Qarang mana bu narsa" deb tortadigan inson kerak deb o'yladim, 2 oy rejadan keyin ochilgan.


ZIOD


➖ Siz o'z blogingizni 23-sentabr 2018-yildan boshlab yuritasiz, bu sana bilan bog'liq nimadir bormi❓

23 sentabr bilan aloqasi usha kuni bo'sh vaqtim ko'p bo'lganida ) Aslida yana bir bog'liq holati bor 23 raqamini yaxshi ko'raman ya'ni ko'p yaxshi voqelar bo'gan, keyin uyimi raqami ham 23 )


➖ UzrapBlog tarixida qandey eng yaxshi va yomon voqea xotirangizda qolgan❓

#bizningtanlovrap heshtegi chiqarilgan vaqtlar, litsenziya tortishuvlari usha vaqtlar qiziq edi, yomoni U.R.B ni tashlab chiqib ketgan vaqtlarim.


➖ U.R.B ni tashlab chketgan vaqtlariz❓ Bu haqida batafsilroq gapirib o'tsangiz 😊

U vaqtlar 2 ta ishda ishlardim, uxlashga 4-5 soat ajratardim, odatiy stress keyin ba'zi gaplar yetib kelgan hafsala qolmagan, ya'ni u vaqtlar hobbi ni majburiyatga aylantirganim uchun qilgim kelmagam.


➖ Hozir unaqamas degan umiddamiz 😊

U.R.B jamoasida nechta odam mavjud❓

Yo'q albatta, jamoa deydigan holatimiz qolmadi manimcha, asosan parda orqasidagi insonlar, qolgani yaqin do'stim Mavlono uni hamma bilsa kerak, keyin yana 2 kishi bor Islom, Ilxomaka asosan video ishlarida yordamchi bo'lishadi lekin o'rtada ko'rinmaydigan insonlar :)


➖ Bitta reportaj tayyorlash uchun qancha vaqtingiz ketadi❓

Man uzi kam reportaj qilaman, agar biografiyalar haqida bo'lsa, biografiya qilinadigan inson bilan suxbatlashamiz, video dialogini yoziladi uni o'qiyman, montaj qiladiganlar bor 4 5 soat sarflanadi dialog hozirligi yoki suhbatdan tashqari, ba'zi videolar har kuni ozginadan ishlanib 1 2 haftagacha suriladi, holatga bog'liq


➖ Ko'p reportajlaringiz Konsta bilan bog'liq, Konstaga buncha e'tibor qayerdan chiqqan❓

Konsta ijod tomonlama, inson tomonlama ham hurmat qiladigan insonim, ilk boshlaganimda yordamini ayamasdan kere payta maslahat berib yo'l ko'rsatgan, faqat shu uchun uni ko'p yozmaganman, avvalo ijodi sifatli va gapirishga arziguli bo'lgani uchun, faqat ohirgi vaqtlar juda ko'p "Konsta o'zini maqtagani odam qilib olibdi" degan gap so'zlardan keyin ancha kam yozadigan bo'lganman, lekin hurmatim o'zgarmagan


➖ U.R.B ni rasmiy nechta hamkori bor❓

Hamkor desak notug'ri bo'lsa kerak, ba'zida ishlarni birga qiladigan do'stlarimiz bor, rasmiy hisobda bir portal yoki kanal bilan hamkorlik qilinmagan, bir channel 23 ochilgan vaqt U.R.B ni 2 ga bo'lgan holda ishlamoqchi edik lekin hatolar ko'paygani sabab channel 23 yopilgan hatto 4 5 ta videolar hali ham turibdi, "shumfm" dan aksariyat tracklar olinadi yosh ijodkorlarga oid u ham bir hamkor deyishimiz mumkun, "uzrapcom" hamkor deya olamiz chunki ichida man ham borman ) balki vaqti kelib u yerda ham vlog yoki blog qilishimiz mumkun, aytganimdek barcha o'zini ishi bilan band lekin aloqalarimiz yaxshi, kimga yordam kerak bo'lsa qo'limizdan kelgancha beramiz


➖ Endi ozgina shaxsiy savoldan bersam. Qayerda o'qigansiz❓

Ma'lumotim o'rta maxsus, Qo'qon shahar "Komputer texnologiyalar koleji" da, UIT bo'limini bitirganman


➖ Sir bo'lmasa qancha vaqtdan beri Turkiyadasiz❓ O'zbekistonga qachon qaytmoqchisiz❓

3 yilcha bo'ldi manimcha, bu yili borish niyatida bor edi nasib qilmadi, Olloh aytgan kuni vatanimi bag'ridaman
ZIOD


➖ Blog yurg'izishdan tashqari qanday hobbilaringiz bor❓

Aksariyat holda bo'sh vaqtimda kitob o'qib dam olaman, film ko'rishim mumkun, sport bilan shug'ilanaman, lekin ko'p vaqtim ishda o'tgani uchun bo'sh vaqt topguncha do'stlarim bilan ko'rishib biroz sotsiallashaman


➖ Agar sizda shunday sizda imkon bo'lganda uzrapda o'zgartiradigan 3 narsangiz❓

Boshlanish, rivojlanish, saviya


➖ Uzrapda sizni eng ko'p ranjitadigan narsa nima❓

Kaltafaximlar ko'pligi


➖ Shu kungacha uzrap sizga nima berdi❓ Siz uzrapga nima berdim deb o'ylaysiz❓

Do'stlarim bo'ldi yaxshi tanishlar to'pladim, berolganim ko'p emas lekin biroz bo'lsa ham rapga e'tibor qaratishga harakat qildim


➖ Siz uzrapni tark etganingizdan so'ng sizni qaysi 3 ta sifat bilan eslashlarini istaysiz❓

Yaxshi do'st, yaxshi inson, yaxshi blogger


➖ Uzrapda raqobat bor deb o'ylaysizmi❓

Juda kam


➖ Uzrapda eng ko'p nimani yoqtirasiz❓

Nimani bildiradi 😂
Butun boshli uzrapdan nima yoqtirish mumkun


➖ Sevimli ijodkor(lar)ingiz kimlar❓ Uzrapda va eurorapda

Odatda bitta qo'shiqchini eshitmayman asosan kunlik trandlar eshitaman uzrapda deyarli barchani eshitishga majburman desam bo'ladi, chet elda ko'p tog'risi masalan hozir 24kgoldn eshityabman )
ZIOD


➖ Sizni hech uzrap chatlarida ko'rmaganmiz, bunga sabab nima❓

Yo'q kirib turaman ba'zida, lekin asosan u yerdagi mavzulardan ko'ra bir tanishimga "Ahvolin qalay" deyish yaxshiroq tuyiladi


➖ Qachondur U.R.B. party uyushtiradimi❓

Bo'lishi mumkun, rejamda bor


➖ Qaysi repperlarni show biznezga kiradi deb o'ylaysiz❓

Puli bori albatta 😂 va digital sota oladigan auditoriyaga ega kim bo'lsa usha, lekin man hozir ko'rganim yo'q!


➖ Qaysi ijodkorlardan cho'qqiga chiqadi deya umid qilasiz❓

Yosh ijodkorlardan Avaz, Pro Act, Dj green va bir qancha ijodkor bor yaqin orada yaxshigina tanilishi mumkun


➖ Sizni ham qachondir rap aytish niyatingiz bormi❓ Bor bo'lsa qanday nick ostida❓

Bo'ldi hohishlar, hatto Vosidaka (Morf) bilan gaplashtik ham, lekin boshqa bir sabab bilan qarorim o'zgardi, hech qachon qo'shiq aytib chiqmayman
ZIOD


➖ Yaqin 5 yilda uzrapni qay darajada ko'rasiz❓

Ijodkorlar ellanadi, eplay olmaganlar ketadi, boshqalar tinglovchiga aylanadi, hamma platformalarda sotishni boshlaydi


➖ Sizga eng yoqqan savol qaysi bo'ldi❓

Jamoa haqidagi savol, chunki bu yerga kelgan bo'lsam (Zotan hali hech bir yerga kelmadimu endida) shu atrofimda tekinga qimmat vaqtini ayamasdan bazida asabiy holda gapirsam ham "Yo'qol o'zing qil" deb ketmagan yaqinlarim sabab. Va manga yaxshiligi tekan hech bir odamdi yaxshiligini unutmiman


➖ O'zingizni kimlargadir ustoz deb bilasizmi❓

Yo'q, hech kimga bir narsa man o'rgatganman degan davoyimam yo'q


➖ 22-iyun 2019-yilda bo'lib o'tgan uzrap festival haqida fikirlaringiz qanday❓

Pozitif tarafdan qaralsa barcha ko'ngil yozdi, uzrap degan so'z biroz bo'lsa ham qadrga egaligi ko'rsatildi, negative tomondan esa o'zi qilmay, qilganlarga tosh otgan insonlar bo'lgani, hamma faqat "Man bo'laman" deyish orqasidan chiqqan to'palon


➖ Taxallusingiz haqida gapirib o'tsangiz❓ Qayerdan o'ylab topilgan❓

Do'stlarim Ziyod deb chaqirishadi, shundan kelib chiqqan Ziod, ya'ni bir ismni qisqartirilmasi deb taxallus holiga keltirganman, aytganimdek ko'pchilik Ziyod deb biladi hali ham ismimni to'liq holini


➖ UZRAPBLOGni qayerlarda kuzatsak bo'ladi❓

Instagram: instagram.com/uzrapblogs

YouTube: youtube.com/c/uzrapblog

Telegram: t.me/uzrapblog

Tik tok: @uzrapblog


➖ Uzrap playlistidagi sevib tinglaydigan top 5 talik tracklarni aytib o'tsangiz.

Konsta - 15 yoruq 15 qorongu
Morf - Morfin
Ali 21 x Mc don - tungi osmon oq rangda
Avaz x diko - red roses 
Abbbose - hormela


➖ Barcha savollarimizga javob berganingiz uchun raxmat 😊 #UzrapBIO loyihamiz haqida qanday fikrdasiz❓

Sizlarga ham rahmat, agar mani qiziqib shuni o'qiganlar bo'lsa ularga ham rahmat.
Loyihalaring yaxshi, omad tileman yana nima disam.. chiroyli gaplarga yo'qman )
Itdan qo'rqadigan karvonga cho'l ham uvol, faqat harakat, duo, natija bo'lsin )


➖ Katta raxmat yaxshi niyatlar uchun, biz bilan suhbat zerikarli bo'lmadi degan umiddamiz. :)

Sizlar bilan @uzrapmedia ning #UzrapBIO loyihasi edi, muhbiringiz har doimgidek Araveska, keyingi sonlarda ko'rishguncha xayr.

UZRAPMEDIA

Bizni kuzatishni davom eting!

💎 Telegram | UZRAPMEDIA ©

📱 Instagram | UZRAPMEDIA ©

📺 YouTube | UZRAPMEDIA ©



Report Page