Uzmir-Biz bandamiz

Uzmir-Biz bandamiz

@NematilloOchilov

Biz bandamiz, biz gunohkor Hudoga qildik biz nolalar

O'tdi yillar, bir zamonlar o'tdi qancha qancha sulolalar

Bari kurashdi bari Vatanni uchun, Jannatda bo'lsin joylari

Lekin hech biri, lekin hech qachon Vatanga ko'tarmas yoylarin


Qara zamonga kimi tan olgan, qo'shinin yig'ib biz tomonga

Shuncha yillik O'zbekning iymonin, chiqarmoqchimi yomonga?


Ey Hudoyim bergin insof, 

Axir hammamiz ham-ku inson

Yaratding bizni, jon berding bizga,

Qurbon aylamasin inson


Biz bandamiz, biz Hudoyim, 

O'zing qo'llab quvvatla doim

Bu g'anim kimsalar, nimaki desalar Iymonin saqlab doim

Berding Vatan, berding zamin,

Qudratinga bo'ldim man amin

Biz O'zbeklar uchun Vatan bittadir,

Barchamizniki bu zamin


Ovozim boricha kuyladim yana, Vatanim uchundir hammasi

A qurol ko'tarish, Vatanini sotish, 

O'zini portlatish nimasi?


Osmoning sarg'ish, tekkanmi qarg'ish, Aytchi toptingmi bitta baxt?

O'z yurtingda bo'lsang ham nochor, O'zga yurtdan izlamagin taxt


Biz bandamiz, ojiz tandamiz, 

Borku ohiratning so'rog'i

Har kim ahir, o'z taqdirin topshirar Ajalning o'rog'in

O'z millatim, o'z g'ururim uchun, kurashmasam man netay

Ko'm ko'k osmon, Oila Vatan uchun,

Men jonimni fido etay


O'zbekiston degan davlatim bugun, Sha'nini ko'taraman san'atda?

Nur taratar, bu san'atda, 

Hammani e'tiborin qaratar


Berding Vatan, berding zamin, Qudratinga bo'ldim man amin

Biz O'zbeklar uchun, Vatan bittadir Barchamizniki bu zamin


Biz bandamiz, biz gunohkor Hudoga qildik biz nolalar

O'tdi yillar, bir zamonlar o'tdi qancha qancha sulollar

Bari kurashdi bari Vatanni uchun, Jannatda bo'lsin joylari

Lekin hech biri, lekin hech qachon Vatanga ko'tarmas yoylarin


@NematilloOchilov

Report Page