“Uzbekistan Airways” – “Ipak yo’lida turizm” xalqaro turistik yarmarkasi ishtirokchisi

“Uzbekistan Airways” – “Ipak yo’lida turizm” xalqaro turistik yarmarkasi ishtirokchisi

Uzbekistan Airways

Bugun, 13-noyabr kuni poytaxtda “Ipak yoʻlidagi turizm” 25-Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi bo’lib o’tdo. An’anaviy tarzda xalqaro forumda yirik xalqaro va mahalliy turistik tashkilotlar, aviatashuvchilar, transport kompaniyalar, mehmonxonalar va boshqa tashkilotlar qatnashishdi. “Uzekspomarkaz” pavilyonlarida O’zbekistonning 14 hududi va dunyoning 14 davlatlari stendlari va “Hunarmandlar shaharchasi” ekspozitsiyasi namoyish etildi.


“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi o’zining samolyotni eslatadigan yirik stendida o’zining aviatsiya tashuvlari imkoniyatlarini namoyish qildi. Aviakompaniya stendida dunyoning 60 dan ortiq shaharlariga amalga oshiriladigan parvozlar haqida ma’lumot berilib, yangi ochilgan qatnovlar, qulay turistik yo’nalishlar, bortda taklif etiladigan xizmatlar bilan tanishtirildi. Aviakompaniya mutaxassislari xohlovchilarga yo’nalishlar narx-navosi, imtiyoz va chegirmalar haqida ma’lumot va aviatashuvlar haqidagi savollarga javob berishdi. Bu yilgi tadbirni o’tgan yillardagidan farqli bir qancha jihatlari mavjud. Jumladan, O’zbekistonning turistik brendi elchilari forumi hamda O’zbekiston-Rossiya turizm forumi unda birinchi marta o’tkazilmoqda.

Софи Ибботсон

Bundan tashqari, TXTK-2019 doirasida yana bir qancha tadbirlarni o’tkazish ko’zda tutilgan. Workshop: Isroilning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Turizmda marketing” qo’shma loyihasi, Shahrisabz Milliy liboslar festivali taqdimoti, “Vino turizmini rivojlantirish istiqbollari”, “Barqaror turizm uchun mahsulotni qanday yaratish mumkin?”, “Gastronomik turizmning marketing masalalari”, “NNTlarni turizm sohasida institutsional qo’llab-quvvatlash”, “Yevropa biznes-hodisalar sanoatidagi tendentsiyalar” taqdimotlari shular jumlasidandir. “Ipak yo’lida turizm” 25-Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi 15-noyabr kuni yakunlanadi.

Report Page