"Uzavtosanoat" va "Turkmenistan-Motors" Turkmanistonda transport vositalari ishlab chiqarish bo'yicha memorandum imzoladilar

"Uzavtosanoat" va "Turkmenistan-Motors" Turkmanistonda transport vositalari ishlab chiqarish bo'yicha memorandum imzoladilar

UzAuto

2021-yil 4 oktabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan o'zbek-turkman forumi doirasida "Uzavtosanoat" AJ va "Turkmeniston-Motors" AJ Turkmaniston hududida avtomobil, qishloq xo'jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida memorandum imzoladi. Memorandum doirasida tomonlar ikki mamlakat o'rtasida sanoat hamkorligini rivojlantirishni maqsad qilishgan. 

Memorandum imzolash marosimida "Uzavtosanoat" AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov va "Turkmeniston-Motors" AJ boshqaruv raisi Furqat Aydashev ishtirok etishdi. 

Turkmaniston tomon O'zbekiston avtomobilsozlik sanoatini yuqori baholadi va tomonlar Turkmaniston Respublikasida transport vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini o'rganishdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Ushbu Memorandum doirasida "Turkmeniston-Motors" AJ ishlab chiqarish obyektlarida “UzAuto Motors” AJ avtomobillarini ishlab chiqarishni shartnoma tuzish rejalashtirilgan. Bu yo'nalishdagi hamkorlik Turkmanistonda avtomobil komponentlarini ishlab chiqarishni va eksport bozorlariga sotishni tashkil qilishni ham nazarda tutadi.

Bundan tashqari, "Uzavtosanoat" AJ tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa transport vositalari (pikaplar, yuk mashinalar va avtobuslar), qishloq xo'jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish to'g'risida kelishuvga erishildi.

Ushbu yo'nalishni amalga oshirish Turkmanistonga yangi ish o'rinlarini yaratish, YaIM tarkibida sanoat ulushini ko'paytirish, eksport bozorlariga chiqish, aholini xalqaro sifatli avtomobillar bilan ta'minlash imkonini beradi.

Tomonlar davlatlararo savdo-iqtisodiy aloqalarni, jumladan, avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish va kengaytirishda umumiy manfaat va maqsadlarga ega. 

Bugungi kunda "Uzavtosanoat" Turkmaniston Respublikasiga avtomobil va tijorat uskunalarini eksport qilib kelmoqda, bu esa ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda qo'shma loyihalarni birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligining sabablaridan biriga aylandi.

"Uzavtosanoat" AJ turkman hamkorlarini yuksak qadrlaydi va bildirilgan ishonchlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.

Telegram / Facebook / Instagram

www.uzavtosanoat.uz