UzAuto hamda Xitoyning elektromobillar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi BYD Auto Industry hamkorlik qilish to’g’risida kelishib olishdi

UzAuto hamda Xitoyning elektromobillar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi BYD Auto Industry hamkorlik qilish to’g’risida kelishib olishdi

UzAuto

“O’zavtosanoat” va Xitoyning eng yirik elekromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi BYD Auto Industry Ltd. o’rtasida o’zaro Anglashinuv Memorandumi imzolandi. 

Hamkorlik doirasida tomonlar yengil avtomobillar hamda avtobuslarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani O‘zbekistonning yangi energiya manbaida (NEV- gibridlar, elektromobillar va elektroavtobuslar) amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganishni kelishib olishdi.

Shuningdek, loyiha o’z ichiga savdo va servis xizmat ko'rsatish shu jumladan, elektromobillar akkumulyatorlari hamda elektrodvigatellarga texnik xizmat ko'rsatish tarmog'larini yaratishni o'z ichiga oladi.

BYD kompaniyasi yangi energiya manbalaridan foydalangan holda avtomobillarning to'liq assortimentini ishlab chiqaradi, shuningdek, akkumulyatorlar, yarimo'tkazgichlar, elektrodvigatellar va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni o'ziga xos dizayn bilan ishlab chiqarishga ega.

Ma’lumot uchun:

BYD Auto Industry Co., Ltd. ("Build Your Dreams") – BYD Co Ltd transmilliy kompaniyasiga tegishli korxona bo’lib, u yangi energiya manbalaridan (NEV) foydalangan holda transport vositalarini ishlab chiqaradi. Turli mamlakatlarda 8 ta zavodga, R&D markazlari ega bo’lib, NEW savdosi bo’yicha dunyoda 2-o’rinni, Xitoyda esa 1-o’rinni egallaydi.

Kompaniyaning yillik ishlab chiqarish quvvati qariyb 1 million avtomobilni tashkil etadi. Kelgusi yillarda avtomobil ishlab chiqarish hajmini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 100 milliard dollarga baholanmoqda. Xodimlar soni 220 000.

Report Page