UzAuto davlat xaridlari elektron tizimi bo'yicha seminar o'tkazdi

UzAuto davlat xaridlari elektron tizimi bo'yicha seminar o'tkazdi

UzAuto

Bugun “O‘zavtosanoat” AJ Xaridlar boshqarmasi mutaxassislari “O‘zbekiston Respublika Tovar xomashyo birjasi” AJ (O‘zRTXB) vakillari bilan hamkorlikda elektron davlat xaridlari tizimi – xarid.uzex.uz. etender.uzex.uz. bo‘yicha seminar o‘tkazdi. 

Seminar UzAuto tarkibiy korxonalarining davlat xaridlari jarayonini o’rganish maqsadida tashkil etildi. 

Elektron tijoratni rivojlantirish va O'zRTXB Toshkent filiali xaridlarini tashkil etish bo'limi mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan seminarda, “UzAuto” tuzilmasining davlat xaridlari tizimida faoliyat yurituvchi xodimlari faol ishtirok etishdi.

Seminar yakunida UzAuto xodimlari tomonidan davlat xaridlari ro’yxatini o’zgartirish va yangiliklarni joriy etish bo’yicha bir qator takliflar kiritildi, shuningdek, O‘zRTXB vakillari bilan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi.

Bildirilgan barcha mulohazalar va takliflar ko‘rib chiqilib, ushbu sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qarorlar qabul qilinadi.

www.uzavtosanoat.uz

Report Page