UzAuto barchangizni Ozarbayjon kinosi kunlariga taklif etadi

UzAuto barchangizni Ozarbayjon kinosi kunlariga taklif etadi

UzAuto Motors
UzAuto Motors

XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida UzAuto bosh homiyligidagi Ozarbayjon kinosi kunlari Toshkent, Urganch va Nukus shaharlarida o'tkaziladi.

O'zbekistonga kelgan ozarbayjonlik kinoijodkorlar delegatsiyasi ishtirokida Ozarbayjonlik rejissyorlarning filmlari ushbu tadbir ishtirokchilariga taqdim etiladi, jumladan:

Rufat Hasanov - rejissyor, Ozarbayjon Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya boshqarmasi boshlig'i

Orman Aliyev - Boku media markazi ijrochi direktori

Fariz Ahmadov - "Ozarbayjonfilm" kinostudiyasi direktori

Afag Yusifli - rejissyor

Rufat Aliyev - Ozarbayjon Madaniyat vazirligi kinematografiya bo'limi boshlig'i

Elada Aliyeva - UNEC TF fondi media va kommunikatsiya bo'limi boshlig'i

Vagif Mustafayev - kinorejissyor, Ozarbayjon xalq artisti, Ozarbayjon SSR Davlat mukofoti laureati, Ozarbayjon Davlat mukofoti laureati, Yevropa kino va televideniyasi akademiyasi a'zosi, Yevroosiyo teleradio akademiyasi vitse -prezidenti.

Barchani tadbirlarga tashrif buyurishga hamda Ozarbayjon kinematografiyasiga yaqin bo'lishga taklif qilamiz!

Ozarbayjon kinosi kunlari dasturi:

29 sentyabr
Toshkent

UzAuto Motors

"Baliqchining qizi" filmi
Rejissyor: Ismoil Safarali
Manzil: Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi (Mirobod tumani, Haydar Aliyev ko'chasi 9)
Namoyish vaqti 18:00, kirish bepul
Tadbir haqida havola

30 sentyabr
Urganch

"Farida" filmi
Rejissyor: Kseniya Lagutina
Manzil: Xudaybergen Devanov nomidagi kinoteatr
Namoyish vaqti 16:00, kirish bepul

1 oktyabr
Nukus

"Ichki orol" filmi
Rejissyor: Rufat Hasanov
Manzil: Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatri
Namoyish vaqti 15:00, kirish bepul

Report Page