UzAuto Qozog‘istonda 500 million dollardan ortiq bitimlar tuzdi

UzAuto Qozog‘istonda 500 million dollardan ortiq bitimlar tuzdi

 UzAuto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nur-Sultonga davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining IV yig‘ilishida “O‘zavtosanoat” AJ mashinasozlik sohasida 500 million dollardan ortiq ikki tomonlama kelishuvlarga erishdi. 

Xususan, O‘zbekiston va Qozog‘istonning ikki yetakchi mashinasozlik kompaniyasi – “O‘zavtosanoat” AJ va “Allur” kompaniyalar guruhi o‘rtasida "SaryarkaAvtoProm" Qo'stanay zavodida Chevrolet yengil avtomobillari kichik tugunli (SKD) ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Loyihani amalga oshirish uchun 65 million dollarlik investitsiyalar rejalashtirilgan.

Qozog‘istonda iste’molchilarning “Chevrolet” rusumli avtomobillarga bo‘lgan yuqori talabini inobatga olgan holda, Qozog‘iston Respublikasida ushbu avtomobillarni ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik tabiiy ravishda yuzaga keldi. Kelishuvlar doirasida “SaryarkaAvtoProm” aksiyadorlik jamiyati negizida zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, bu ikki mamlakat iqtisodiyotining mahalliylashtirish va eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi. Ikki kompaniyaning sarmoyaviy va iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha erishilgan kelishuvlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi bilan hamkorlikni kengaytirish doirasida “O’zavtosanoat” Qozog‘istonning avtotransport ishlab chiqaruvchi “Qaztehna” MChJ bilan 15 million dollarlik shartnoma imzoladi. Qozog‘istonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish maqsadida “Qaztehna” negizida SINOTRUK HOWO yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Qozog‘iston kompaniyalari bilan erishilgan qator kelishuvlar qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida hamkorlikni kengaytirishni o‘z ichiga olgan. “O’zavtosanoat” va “Agromashxolding KZ” AJ o‘rtasida 15 million dollarlik strategik hamkorlik shartnomasi tuzildi. Qozog'iston Respublikasida qishloq xo'jaligi texnikasini, shu jumladan traktorlarni ishlab chiqarish va sotishni rivojlantirishda.

Mashinasozlikning asosiy yo‘nalishlaridan tashqari Qozog‘iston kompaniyalari bilan ham O‘zbekiston Respublikasi avtomobil bozorida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha 50 million dollarlik kelishuvlarga erishildi. 

Belgilab oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasi bir qator muvaffaqiyatli loyihalarga ega. 2020-yil mart oyidan boshlab UzAuto Motors bilan birgalikda Qo‘stanayda Chevrolet rusumli avtomobillarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, joriy yilda “SariarqaAvtoProm” zavodi “SamAuto” kompaniyasi bilan birgalikda SAZ LE60 rusumli past polli avtobuslarni ishlab chiqarmoqda. Bundan tashqari, 2019-yil oktabr oyidan boshlab UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Telegram / Facebook / Instagram

Report Page