UzAuto Motors zavodiga AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik tashrif buyurdi

UzAuto Motors zavodiga AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik tashrif buyurdi

UzAuto Motors

AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik Andijon viloyatiga tashrifi davomida mamlakatning eng yirik korxonalaridan biri boʻlgan UzAuto Motors’ning Asaka avtozavodida bo‘lib, Chevrolet avtomobillari ishlab chiqarilishining butun siklini ko‘rish orqali mamlakatning avtomobilsozlik sanoati bilan bevosita tanishdi.

Jonatan Henik zavod faoliyati bilan tanishishni undagi yaratilgan muzeydan boshladi. "O‘zavtosanoat" AJ Boshqaruv raisining Ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha o'rinbosari Farhod To‘rayev elchining zavod faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlab, o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda korxonaning ishga tushgan davrlaridan boshlab to bugungi kunga qadar davrni qamrab oluvchi jarayonlar haqida ma’lumotlarni berdi.

Shundan so‘ng, Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini ishlab chiqarish jarayonini ko‘rsatish maqsadida presslash, yig‘uv va payvandlash sexlaridagi  liniyalar faoliyati ko‘rsatildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda yangi avtomobillarni oʻzlashtirish borasidagi olib borilayotgan ishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, mehmon Chevrolet Tracker avtomobilini minib ko‘rdi. U (ishlab chiqaruvchi mahsulotining xavfsizlik darajasini belgilab beruvchi reyting) “LATIN NCAP”da ekanligidan xursandligini ta’kidladi. Qolaversa, uchrashuv chog‘ida elchi janoblari korxonaning mahalliylashtirish darajasi, uning eksport salohiyati hamda raqobatchilari to‘g‘risida qiziqishlarini bildirdi. Ayniqsa, kadrlar masalasida alohida to‘xtalib o‘tdi. Raqobat muhitida butun dunyo mamlakatlarini birdek o‘ylashga majbur etib kelayotgan muammolardan biri, injener kadrlar qayerda tayyorlangani bilan qiziqdi.   

Elchi zavodning ishlab chiqarish madaniyatini maqtab, o‘z navbatida bu u GM-GMS (global ishlab chiqarish) talablari muvofiqligini ko‘rib turganidan hamda zamonaviy texnologiyalar tadbiq etilganligining guvohi bo‘lganidan mamnun ekanligini ta’kidladi. 


Report Page