UzAuto Motors Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilganligini ma’lum qiladi

UzAuto Motors Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilganligini ma’lum qiladi

UzAuto Motors

Hurmatli avtoixlosmandlar,

UzAuto Motors kompaniyasi bozorda ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda, 2024-yilning 2-yarmi uchun avtomobillar ishlab chiqarish hajmini oshirdi.

Ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, shuningdek, bundan oldingi kontraktatsiyada xaridorlar tomonidan to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi 2024-yil uchun kontraktatsiyaga  avtomobillar qo‘shimcha hajmini chiqarish imkonini berdi. 

Shu munosabat bilan 29-mart 10:00 da Labo avtomobillarining 18 000 dona hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.

*AVTOMOBILLAR NARXI O‘ZGARISHSIZ QOLADI.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. UzAutoSavdo ilovasi va Telegram-bot faqat navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Shuningdek, UzAuto Motors kompaniyasi oʻz mijozlaridan hushyor boʻlishni va shaxsiy maʼlumotlarini, ayniqsa, davlat portalidagi shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni soʻraydi. Onlayn kontraktatsiya tizimi barcha xohlovchilar uchun mavjud.

Avtomobilni onlayn xarid qilish bo‘yicha mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:

  1. OneID tizimida ro‘yxatdan o'tish;
  2. savdo.uzavtosanoat.uz saytiga kirish;
  3. One ID tizimidagi login/parol yordamida saytga kirishda roʻyxatdan oʻtish;
  4. Avtomobil modeli, ranggi va komplektatsiyasi hamda ma’qul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda, shartnoma tuzish kerak boʻladi.

Batafsil ma’lumot uchun kompaniya call-markaziga murojaat qiling:

📞+998-78-141-7777

Report Page