UzAuto Motors dilerlar bilan seminar-trening o‘tkazdi 

UzAuto Motors dilerlar bilan seminar-trening o‘tkazdi 

UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi vakillari tomonidan dilerlik markazlari mutaxassislari uchun “Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari talablari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Kompaniyaning Sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish direksiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur seminar-treningda 89 ta dilerlik markazlaridan 167 nafar mutaxassislar ishtirok etishdi.

Dilerliklar uchun tashkil etilgan trening 4 bosqichni qamrab oldi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish sohasidagi dilerlik mutaxassislar talablari tanishtirildi, so‘ngra Global kafolat boshqaruvi (GWM) global kafolat tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari olib borildi, Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayoni muhokama etildi, Texnik ma’lumotlar va diagnostika tizimi (GSI) Axborot servisi ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, trening davomida ichki bozordagi dilerlarning faoliyati, kompaniya texnik markazi faoliyati, iste’molchilarga kafolatli xizmat ko‘rsatish jarayonlari to‘g‘risida tushuntirishlar olib borildi.

“Hozirgi sharoitda avtoservis korxonalarining ahamiyati sezilarli darajada oshib bormoqda. Avtomobillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish jarayonida axborot va kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish talab etiladi. Ushbu jarayonlarda eng avvalo, servis xodimi tayyor bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.” – deydi UzAuto Motors Sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish direksiyasi direktori Nodira Xodjimatova.

O’quv-mashg’ulotlar so’nggida loyiha mualliflari ishtirokchilarga sertifikatlar topshirishdi. 


Report Page