“UzAuto Motors” aksiyalari “Toshkent” fond birjasida joylashtirildi
UzAuto MotorsO‘zbekiston fond bozori tarixidagi aksiyalarning umumiy qiymati bo‘yicha eng yirik IPO yakunlandi – “UzAuto Motors” AJ aksiyalari “Toshkent” Respublika fond birjasida birlamchi ommaviy taklif (IPO) orqali joylashtirildi.
So’nggi yillarda kompaniyaning rivojlanish yo’lidagi sa’y-harakatlari hamda erishilgan qator yutuqlar invsetitsiyaviy hamkorlikka yo’l ochdi va munosabatlarni mustahkamladi. Natijada, “UzAuto Motors” AJning IPO’ga chiqishi O’zbekistin qimmatli qog’ozlar bozorida uzoq kutilgan voqelikka aylandi. Savdolar yakuniga ko’ra, kompaniyaning 56,9 mlrd so’mlik aksiyalari Respublika fond birjasiga joylashtirilgan bo’lsa, o’zaro taqsimlanishi bo’yicha 80%i institutsional investorlar (yuridik shaxslar), qolgan 20%i jismoniy shaxslar hissasiga to’g’ri keladi.
“UzAuto Motors” AJ aksiyalarining ilk ommaviy joylashtirilishi respublikamizda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish va kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yirik davlat korxonalari o’rtasidagi dastlabki qadam hisoblanadi. Ta’kidlash joiz, “UzAuto Motors” AJ “IPO”si koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqirozdan so‘ng mahalliy fond bozorida amalga oshirilayotgan ilk “IPO” hisoblanadi. Shubhasiz mazkur voqelik mahalliy investorlarning faollashuvi hamda kompaniyaning jahon hamjamiyatiga iqtisodiy tomonlama integratsiyalashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.