UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilishini ma’lum qiladi

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilishini ma’lum qiladi

UzAuto Motors

Hurmatli avtomobil ixlosmandlari,

Bugun, 12:00 da 2024-yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining butun hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Avtomobil xarid qilish uchun shartnomani faqat onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. E’tibor qarating, shu kunlarda barcha Chevrolet dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chiriladi va avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi ((iOS/Android), shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot faqat navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Hurmatli mijozlar, kompaniya asossiz “ajiotaj” chiqarmaslikni so‘raydi. Kontraktatsiya uchun Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining 2024-yildagi butun hajmi mavjud bo‘ladi. Shuningdek, shu kunlarda Chevrolet dilerlik markazlariga murojaat qilmasligingizni ta’kidlaydi.

Butun kontraktatsiya jarayonini, tizimning ishlashi va uning natijalari to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarni UzAuto Motors o‘zining rasmiy sahifalarida Telegram/Facebook/Instagram muntazam ravishda e’lon qilib boradi.

UzAuto Motors kompaniyasi oʻz mijozlaridan hushyor boʻlishni va shaxsiy maʼlumotlarini, ayniqsa, davlat portalidagi shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni soʻraydi. Agarda shartnoma tuzish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga topshiradigan bo‘lsangiz, UzAuto Motors xaridor oldida hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

Avtomobilni onlayn xarid qilish uchun mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:

1. OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tish;

2.  "UzAutoSavdo" mobil ilovasini yuklab olish ((iOS/Android), savdo.uzavtosanoat.uz saytiga kirish;

3. OneID tizimidagi login va parol yordamida saytga kirish/ilovada ro‘yxatdan o‘tish;

4. Avtomobil modeli, rangi va komplektatsiyasi hamda ma’qul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda, shartnoma tuzish kerak bo‘ladi. 


One ID tizimida ro‘yxatdan o'tish tartibi

UzAutoSavdo ilovasida ro‘yxatdan o‘tish va shartnoma olish tartibi

savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali Chevrolet avtomobillari uchun onlayn shartnoma olish tartibi


Report Page