“UzAuto Motors” Bokuda bo'lib o'tayotgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda

“UzAuto Motors” Bokuda bo'lib o'tayotgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda

UzAuto Motors

“UzAuto Motors” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi eksportni rag‘batlantirish dasturi doirasida 15 dekabr kuni Boku shahrida ochilgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar universal ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda.

An’anaviy tarzda “Made in Uzbekistan” brendi ostida tashkil etilgan milliy pavilyonda O‘zbekistonning  80 dan  ortiq ishlab chiqaruvchi korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etishmoqda. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar nafaqat tomosha qilish, balki O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ommabop avtomobil modellarning ruliga o‘tirishlari ham mumkin bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, 2021-yil 17-sentabrida Hajigabul shahridagi (Ozarbayjon) “Azermash SR” qo’shma korxonasi zavodida  "UzAuto Motors" AJ va "SamAvto" MCHJ QK zavodi ishlab chiqarish liniyasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tganligi e’tiborga molik. Qolaversa, tez orada Hajigabulda Lacetti, Damas, Labo, Tracker va Malibu avtomobil modellarini Qolaversa, tez orada Hajigabulda Lacetti, Damas, Labo, Tracker va Malibu avtomobil modellarini yirik uzelli  yig'ish (SKD) yo‘lga qo‘yiladi.

 Bundan tashqari, General Motors bilan Alyans shartnomasi doirasida "UzAuto Motors" Ozarbayjonda Chevrolet avtomobillari sotuvi boshlanganini e'lon qildi.


Report Page