UzAuto Motors 25-may sanasidan boshlab Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlaydi

UzAuto Motors 25-may sanasidan boshlab Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlaydi

UzAuto MotorsMay 16, 2023

Avval xabar qilinganidek,  UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellari liniyasini rivojlantirishning ikkinchi bosqichi doirasida yuqorida nomlari keltirilgan avtomobillarning kengaytirilgan komplektatsiyalar qatori uchun 25-may sanasidan boshlab shartnomalar tuzishni boshlaydi.

Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker’ning avvalgi komplektatsiyalariga qo'shimcha yangi Premier Plus va Redline modifikatsiyalari uchun shartnoma tuzish mumkin. Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq bo'lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o’zgarishsiz qoladi.

Yangilangan Primer Plus va Redline komplektatsiyalari ham xuddi boshqa komplektatsiyalaridek UzAuto Motors’ning Asakada joylashgan avtozavodida kuzov payvandlash, bo’yash va yig’ish kabi ishlab chiqarishning to’liq sikli asosida ishlab chiqariladi. 

Ishlab chiqarish Asaka avtomobil zavodida 620 million dollardan ortiq yo’naltirilgan sarmoya tufayli ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish natijasida amalga oshirilgan GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida yo’lga qo’yiladi.

2023-yilning sentabrida Premier Plus va Redline komplektatsiyalarini ishlab chiqarishga start berish rejalashtirilgan.

Avtomobillar avtoixlosmandlar uchun qo'shimcha qulaylik va imkoniyatlar yaratadigan yangi opsiyalar bilan jihozlangan.

Quyida keltirilgan modellar uchun kontraktatsiya shartnomasini tuzish mumkin:

Chevrolet Tracker

  • LS
  • LS Plus
  • LTZ
  • LTZ Plus
  • Premier
  • Premier Plus
  • Redline

Chevrolet Onix

  • Premier 1
  • Premier 2
  • Premier 2 Plus
  • Redline

Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining barchaga tanish komplektatsiyalarida boʻlgan jamiyki asosiy opsiyalariga qo'shimcha ravishda, Plus komplektatsiyasi barcha “Isitish tizimi” opsiyalari bilan, jumladan rul, old va orqa o’rindiqlar (orqa suyanish joyi bilan) yon oynalar, old labovoy oyna isitish tizimi opsiyalari bilan shuningdek, qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar, dvigatel himoya karteri va qo’shimcha qulay opsiyalar bilan jihozlanadi.

Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining taniqli Redline komplektatsiyasi ham xuddi avvalgilaridek, o’ziga xos dizayni va qizil chiziqlari bilan ajralib turadi.


Chevrolet vakolatli dilerlik markazlarida, shuningdek UzAutoSavdo ilovasida (iOS/Android) avtomobillar uchun shartnoma tuzish mumkin.

Avtomobil haqida batafsil ma’lumotni +99878 141 7777 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib bilishingiz hamda UzAuto Motors’ning rasmiy saytidan  www.uzautomotors.com olishingiz mumkin.

 UzAvtoSavdo_bot rasmiy Telegram boti orqali shartnoma boʻyicha avtomobil holatini tekshirishingiz mumkin.

Report Page