UzASBO va “TBC” to‘lov tizimi o'rtasida hamkorlik qilish yo‘llari ishlab chiqilmoqda

UzASBO va “TBC” to‘lov tizimi o'rtasida hamkorlik qilish yo‘llari ishlab chiqilmoqda

MoliyaPress

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasini rivojlantirish va budjet tashkilotlariga zamonaviy texnologik xizmatlarni ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish maqsadida, Axborot-hisoblash markazi va to‘lov xizmatlarini taqdim etuvchi TBC Bank aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida memorandum imzolandi.

“TBC” to‘lov xizmatlari orqali “Oylik monitoring” xizmatini (oylik ish haqi bo‘yicha elektron shaklda to‘liq ma’lumotlar olish xizmati) amalga oshirish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

2011-yilda ishga tushurilgan “UzASBO” dasturiy majmuasida bugungi kunda 30 mingdan ortiq budjet tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, jami 3 milliondan ortiq budjet tashkilotlari hodimlariga ish haqi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Bundan tashqari kelgusida mazkur xizmatlar ro‘yxatini yanada kengaytirib borish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, aholidan budjet tashkilotlariga to‘lovlarni amalga oshirish belgilangan. Masalan, tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun, oliy va professional ta’lim muassasalari kontrakt to‘lovlari uchun va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovlari uchun hamda boshqa xizmatlar uchun “TBC” to‘lov xizmatlarini taklif etish nazarda tutilgan.

        Shuningdek, “TBC” to’lov tizimi tomonidan budjet tashkilotlari xodimlariga mikroqarzlarni rasmiylashtirish va mikrokreditlarni berish ishlarini tashkil etish hamda rejalashtirilgan. 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page