“UzASBO” dasturiy majmuasining “Balans” va “Ish haqi” modullaridan foydalangan holda masofaviy auditni tashkil etishga bag‘ishlangan onlayn seminar o‘tkazildi

“UzASBO” dasturiy majmuasining “Balans” va “Ish haqi” modullaridan foydalangan holda masofaviy auditni tashkil etishga bag‘ishlangan onlayn seminar o‘tkazildi

MoliyaPress

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ–128-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan Moliya vazirligiga vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini oshirib borish, shuningdek masofaviy audit tadbirlari ko‘lami va sifatini oshirishda uslubiy ko‘maklashish vazifasi yuklatilgan.

Shu munosabat bilan Moliya vazirligi tomonidan 2022-yilning 17-18 noyabr kunlari “UzASBO” dasturiy majmuasining “Balans” va “Ish haqi” modullaridan foydalangan holda masofaviy auditni tashkil etishga bag‘ishlangan onlayn seminar o‘tkazildi.

Onlayn seminarda Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari markazi mutaxassislari hamda vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlari xodimlari ishtirok etdilar.

Onlayn seminarda dastlab Moliya vazirligi Davlat budjeti departamentining Ichki audit xizmatlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Azamat Jabborov “UzASBO” dasturiy majmuasidan foydalanish asosida masofaviy audit o‘tkazish zaruriyati yuzasidan to‘xtalib o‘tdi. 

Shundan so‘ng, Moliya vazirligining Axborot texnologiyalari markazi bo‘lim boshlig‘i To‘lqin Hasanov tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasi “Balans” va “Ish haqi” modullari tarkibi birma-bir ko‘rib o‘tildi hamda mazkur yaratilgan imkoniyatlar orqali masofaviy auditni amalga oshirish yuzasidan seminar ishtirokchilariga atroflicha tushuntirishlar berildi.

Onlayn seminar davomida, “UzASBO” dasturiy majmuasining barcha modullari orqali masofaviy auditni o‘tkazishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

So‘ngra, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlari ishtirokida “UzASBO” dasturiy majmuasi bilan bog’liq jarayonlar yuzasidan so’rovnoma o’tkazilib, natijalari ko’rib chiqildi.

Seminarlar qizg‘in bahs-munozara va savol-javob ko‘rinishida o‘tdi. Vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlari xodimlari tomonidan berilgan savollarga Moliya vazirligi mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi. Kelgusida ham ichki audit xizmati faoliyatiga doir bu kabi seminarlar tashkil etilishiga kelishib olindi.


Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page