Uyga internet tushirish...

Uyga internet tushirish...

ROBOCODE IT ACADEMY

Karantinda uyda VIP internetning borligi rosa qo'l keladi.

Lekin xammaning xam uyida internet yoki WIFI mavjud emas.

Ushbu maqolamiz qo'shnisining WIFI ga havas qilib o'tirganlar uchun, uyga qanday qilib WIFI internet tushirish haqida gaplashamiz.

WIFI qo'shningizda taxminan shundaymi?

Avvalo mavjud va mashxur internet ta'minotchilari bilan tanishsak.

Bu hududga bog'liq, misol uchun siz Toshkentda yashasangiz sizda tanlovlar juda ko'p

FreeLink, Uzonline, Sarkor, Sharq, TPLink, TPS, EVO, ICTV.

Ya'ni internet ulashdan avval siz hududingizda mavjud internet ta'minotchilarini bilishingiz kerak. Agar siz Toshkentdan tashqarida yashasangiz, afsuski sizda EVO yoki Uzonline dan boshqa tanlovlar yo'q. Ishonamizki kelajakda bo'ladi.

Qilinishi kerak bo'lgan ishlar ro'yhati:

O'zingiz bilan Passportingiz yoki uning rangli nusxasini oling.

1) Hududingizga yaqin joydagi UZTELECOM fillialiga borish

2) Biriktirilgan hodim bilan, siz yashab turgan hududda uyingizga simli telefon tushirsa bo'ladimi, buni imkoni bormi aniqlash

3) Simli telefon ulash imkoni bo'lsa undan internet ulasa bo'ladimi aniqlash

4) Agar simli telefon orqali ulash va internet ulash imkoni bo'lsa o'zingizni nomingizdan TELECOM rahbari nomiga ariza yozib qoldirasiz

5) Usta-Montyorlar 3 kun ichida sizning uyingizga kelib simli telefon ulab berishadi

6) Oxirgi qadam, TELECOM ga borib siz ulangan telefonga internet ulab berishlari uchun ariza yozish va to'lovni amalga oshirish.


Agar uyingizda simli telefon avvaldan mavjud bo'lsa, ertagayoq TELECOM ga borib, uyingizga internet tushirib oling. E qachongacha qo'shnimda WIFI zo'r deb o'tira olasiz?

Agar linyada aloqa sifati yaxshi bo'lsa internetingiz tezligi taxminan quyidagicha ishlaydi:

Xa! O'zbekistonda xam shunday tezlik mavjud.

Tezlikning yuqori bo'lishi siz yashab turgan xududda aloqa simlarining sifatiga bog'liq.

Keyingi postlarda: OPTIK TOLA interneti xamda ODDIY o'zimizning Xashaki internetni farqini tushintirib beramiz.


@robocode_andijan



Report Page