Uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o'qituvchilar ish haqini hisoblash

Uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o'qituvchilar ish haqini hisoblash

t.me/uzasbouz

Uyda yakka tartibda ta'lim beruvchi o'qituvchilarning ish haqi oshirilishi bo'yicha turli ma'lumotlar berildi. Bu bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860-son qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo'yicha yo'l xaritasining 10-bandida 2021-yil 1-yanvarga qadar Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma buyrugʻi orqali Oʻquvchilarga uyda yakka tartibda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi qo'yilgandi. 2022-yil 31 yanvarda Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligining "O'quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o'qituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini tasdiqlash to'g'risida"gi 3q/q-son va 2-xx-son qo'shma qarori (pastda keltirilgan) qabul qilindi, bungacha qabul qilingan Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligining "O'quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o'qituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2021-yil 16-noyabrdagi 34-mh-son va 2021-yil 10-noyabrdagi 73-son qo'shma qarori bekor qilindi (pastda keltirilgan).


Mazkur metodikaga ko'ra tarifikatsiya ro'yxatida belgilangan dars soatlariga ko'ra uyda yakka tartibda dars beruvchi o'qituvchilarga faqatgina o'quv soatlari uchun ish haqi to'lovlari amalga oshiriladi.

Bunda, uyda yakka tartibda dars beruvchi o'qituvchilarga o'quvchilar ta'tilda bo'lgan davrda ham tarifikatsiya ro'yxatida belgilangan o'quv soatlar uchun haq to'lab beriladi va ularning ish haqlari mehnat ta'tilini hisoblashda inobatga olinadi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar 12 oyga rejalashtiriladi.


Uyda yakka tartibda dars beruvchi o'qituvchilarning haftalik pedagogik yuklamasi umumta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun belgilangan pedagogik yuklamaning 50 foizi miqdorida belgilanadi.


Mazkur tartibda ishlash uchun dasturga quyidagi o'zgarishlar kiritildi:

1. 2022-yil fevral oyidan boshlab Dokumenti-Uchet kadrov-Tabel dlya obrazovatelnix uchrejdeniy qimidagi hujjatni tasdiqlashda agar undagi Dom. Obuchen (Mesyachnaya) ustuniga soat kiritilgan bo'lsa, tegishli ogohlantirish chiqadi va hujjatni tasdiqlab bo'lmaydi.

2. Uyda yakka tartibda dars beruvchi o'qituvchilarni uyda ta'lim soatlarining o'zi uchun qayta ishga qabul qilish (Dokumenti-Uchet kadrov-Priyom na rabotu) kerak bo'ladi (chunki hech qaysi tashkilot uyda ta'lim soatlarini avval aytilganidek ishga qabul qilishda ko'rsatmagan bo'lsa kerak). Bunda bazaviy tarif stavka soatlari quyidagicha bo'ladi:

boshlang'ich sinfda

o'quv yuklama - 18 soat

pedagogik yuklama - 9 soat

haftalik yuklama - 27 soat

oylik yuklama - 116.1 soat


yuqori sinfda

o'quv yuklama - 20 soat

pedagogik yuklama - 8 soat

haftalik yuklama - 28 soat

oylik yuklama - 120.4 soat


O'qituvchining yuklamasini to'ldirishda esa faqat o'quv yuklamasi ko'rsatiladi, pedagogik yuklama qo'yilmaydi. Shuningdek, ularga 50 foiz maxsus ustamani to'lash uchun Spets. nadbavka to'lov turi ishlatiladi va bu ham ishga qabul qilishda ko'rsatib ketiladi.


3. Uyda ta'lim soatlarini ishga qabul qilishda ko'rsatishning quyidagi afzalliklari bor:

  • Tabelda Dom. Obuchen (Mesyachnaya) ustuniga soat qo'lda qo'yilmaydi, yuklama qismida esa soatlar avtomatik chiqadi.
  • Mehnat ta'tili, baqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi hisoblashda uyda ta'lim soatlariyam lavozim maoshi sifatida inobatga olinadi.
  • Avans berishda bu summalar ham inobatga olinadi.
  • Uyda ta'lim soatlariga turli ustamalar ham hisoblanishi kerak, tabelda Dom. Obuchen (Mesyachnaya) ustuniga qo'yilsa hisoblanmay qoladi.
  • Agar tabeldagi Dom. Obuchen (Mesyachnaya) ustuniga soatlar avvalgidek qo'lda qo'yilsa, tashkilotlar o'qituvchini quyi va yuqori sinf uchun alohida ishga qabul qilish kerakligini inobatga olmasliklari natijasida hisob-kitoblarda turli xatoliklar kelib chiqishi mumkin edi.
  • Xodim turli sabablar bilan ishda bo'lmagan davrda (mehnat ta'tiliga chiqqanligi, kasalligi, o'z hisobidan ish haqi saqlanmagan ta'til olganligi va h.) tabelda ham ish soatlari avtomatik kamayib chiqadi.


4. Qo'shma buyruqda uning imzolangan kundan kuchga kirishi belgilangan. 2021-yil noyabr, dekabr va 2022-yil yanvar oylari uchun qayta hisob-kitobni amalga oshirish tartibi va 2022-yil uchun tarifikatsiya va xarajatlar smetasini tuzishda mazkur metodikada belgilangan tartibda ish qilinmaganligi bilan bog'liq muammolar yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilish kerak.


Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligining "O'quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o'qituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2022-yil 31-yanvardagi 3q/q-son va 2-xx-son qo'shma qarori

Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligining "O'quvchilarga uyda yakka tartibda ta'lim berayotgan o'qituvchilar ish haqlarini hisoblash metodikasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2021-yil 16-noyabrdagi 34-mh-son va 2021-yil 10-noyabrdagi 73-son qo'shma qarori (bekor bo'lgan)


Report Page