Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi.

Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi.


2022-yil 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-sonli Qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-martdan boshlab barcha yuridik shaxslarga respublikada ishlab chiqariladigan sement, sement klinkeri va qurilish oynasini cheklovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat berildi, 2024-yil 1-yanvarga qadar Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga (ularning vakolatli vakillariga) qurilish materiallarini barcha mamlakatlarga, shu jumladan chegaradosh davlatlarga avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.

Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda «O‘zsanoatqurilishbank» ATB bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar kapital bozorlari konyunkturasidan kelib chiqib, qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirish uchun «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning 300 million AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda xalqaro korporativ obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish hamda uy-joy qurilishi klasterlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million AQSH dollari miqdorida Hukumat kafolatisiz xorijiy kredit liniyalari mablag‘larini jalb qilish vakolati beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6244-son Farmoniga ko‘ra Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan «O‘zsanoatqurilishbank» ATBga ajratilgan kredit liniyasini 5 yil muddatga subordinar qarz sifatida qayta rasmiylashtirish choralarini ko‘rishi belgilangan.


Report Page