Uy-joy uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qachondan qabul qilinadi?

Uy-joy uchun subsidiya olish bo‘yicha arizalar qachondan qabul qilinadi?

Abduraximov Otabek 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi «Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq, har yili davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylar (birlamchi bozor)dan sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshirilishi belgilangan.

Oʽzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabr kungi 33-sonli Farmoni va Fargʽona viloyat hokimligining 2021-yil 27-dekabr kungi 187-11-0-q/21-sonli qaroriga asosan, 2022-yilda Fargʽona tumanidan subsidiya ajratilish boʼyicha 310 ta dastlabki kvota ajratilgan.

2022-yil 7-aprel kuni, mazkur parametrlar belgilangan 2022 yil uchun limit tugaganligi (qurulish uchun ajratilgan limit emas) sababli hozirgi kunda «Ipoteka» kreditiga davlat subsidiyasini olishga YaIDXP (my.gov.uz) hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza berish vaqtincha to‘xtatilgan.  

Arizalar qabul qilinishi boshlanishi haqida OAB tomonidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.


Report Page