Ustozlarga ehtirom ko‘rsatish – muqaddas burch
Ustoz hayot tushunchasi paydo bo‘lganidan buyon yashab kelayotgan siymo. Shu bois, azal-azaldan ustoz-murabbiylarga bo‘lgan ishonch, hurmat-izzat o‘zgacha. Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi va veterinariya sohalari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan akademik Diamat To‘xtayevich Abdukarimov ham ko‘plab shogirdlarning ana shunday sevimli ustozi hisoblanadi.
Bugun SamDVMCHBU rektori tashabbusi bilan universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi J. Allado‘stov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Elmuradov, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni sohibi, O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi mudiri, professor Nasriddin Xalilov hamda bosh hisobchi A.Mardonovlar akademik Diamat To‘xtayevich Abdukarimovning xonadoniga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ustozga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, samimiy suhbat tashkil etildi. Shuningdek, akademik Diamat Abdukarimov hamda universitet talabalari ishtirokida “Akademik va talabalar uchrashuvi”ni o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.
SamDVMCHBU Axborot xizmati