Ustozlarga ehtirom

Ustozlarga ehtirom


Faxriylar-faxrimiz! Ustozlarga ehtirom

Yurtimizda yoshi ulug' insonlar, ustozlarni ulug'lash, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatish, xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir.
Har bir inson o'zi uchun bilim va ma'rifat dunyosiga yo'l ochib bergan, qalbiga yuksak fazilatlar hissini singdirish yo'lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylarga nisbatan umri davomida minnatdorlik tuyg'usi bilan yashaydi.


1-oktabr respublikamizda "Ustoz va murabbiylar kuni" ekanligi munosabati bilan Jondor tuman tibbiyot birlashmasi Bolalar bo'limi katta hamshirasi Xalilova Komila Sayfulloyevna tomonidan 22-maktabning faxriy ustozlari sanalmish Mastonova Mahbuba , Sharopova Klara, Ismoilov Ilhom hamda Ismoilova Hadiya, Xalilova Hilola xonadonlariga tashrif buyurildi.

Faxriylar ham o'zlariga qaratilayotgan e'tibordan xursand ekanliklarini bildirishdi. Sizlar doim ardog'imizdasiz, aziz ustozlar!




Bolalar bo'limi katta hamshirasi Xalilova Komila Sayfulloyevna tomonidan tayyorlandi.








Report Page