Ustoz shogirdlar ardog'ida

Ustoz shogirdlar ardog'ida

Феруза Жумаева


Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuyg‘ulari, ustozlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, ta`lim tizimi ravnaqi yо‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.  

Pedagogika fakulteti Mehnat ta`limi kafedrasida faoliyat yuritib,  bir qator shogirdlarni tayyorlagan fudoyi ustoz t.f.n dotsent Toirov Zuvur Toirovich xonadoni bugun shogirdlar tashrif buyurib, ustoz bilan samimiy dildan suhbat qurishdi. 


9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kunini yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirishga xizmat qilmoqda.

Report Page