Usmle Step 1 - Pass / Shohjahon
medcloud
Hammaga Salom!
Mening ismim Shohjahon, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 2023-yil bitiruvchisiman.
O`zimni USMLE step 1 bosqichiga tayyorgarligim bilan qisqacha bo`lishmoqchiman.
Avvalambor ota-onamga, atrofimda meni qo`llab turgan do`stlarimga rahmat aytmoqchiman.
Tayyorgarlik jarayoni
Tayyorgarlikni 3 davrga bo`lib olsa bo`ladi:
1️⃣davr - Medcloud bilan fundamental bilimlarni oldim (online)
Kunlik dars qilish 3-4 soat , leksiyalar , anki kartalar (Rakhim aka tayyorlagan), zoom orqali keyslar ishlash.


2️⃣davr - to`liq Medcloud darslari tugaganidan so`ng UWorld ni faollashtirdim. Bu vaqt bizni O`TMdan amaliyotga yuborishdi, to`liq kun bo`sh bo`lgani menga qo`l keldi. Kunlik o`rtacha dars qilish 6-8 soat. UWorldni bir marotaba ishlashga 5 oy ketdi (15-Noyabr - 1-Aprel), mixed, timed. Ishlash vaqtida barcha fanlarni bir marotaba takrorlab chiqdim, asosiy bilimlarimni esa UWorld mustahkamladi. Ko`p xato qildim, ammo tushkunlikka tushgan vaqtlarim hammadan "UWORLD is learning tool" degan so`zni eshitdim.
O`rtacha ballim boshida 40-50 %, oxirgi bloklarda 65-70% gacha ko`tarildi.

3️⃣davr - Assessments va takrorlash
Uworld incorrects larni "0" ga tushirdim, bu ko`plab savollarni yodlab olishimga sabab bo`ldi (It`s my fault).
My Self-Assesments
Amboss - 211
NBME 25 - 57%
NBME 26-31 - 65-75 % oralig`ida
UWSA 1 - 215
NBME 30 - 72% (shundan so`ng exam kunini belgiladim)
Old free 120 - 75% (examdan 1 hafta oldin)
New free 120 - 80 % (examdan 3 kun oldin, shundan so`ng ishonch bilan examga kirdim)
Examga 15 kun qolganda MEHLMAN neuro va biochem pdf larini ko`rib chiqdim.

Exam day
Imtihonni Istanbulda topshirdim. Istanbulga qo`ngandan so`ng to`g`ridan-to`g`ri prometrikni ko`zdan kechirishga yo`l oldim . Tekshiruvchilar juda ajoyib . Mehmonxonada 2 kun tayyorgarlik ko`rdim, shu kunda Amboss high yield 200 concepts va new free 120 ni chuqur tahlil qilib chiqdim.
Exam kuni prometrikga 8:30 ga yetib keldim. Shamollaganim tufayli tekshhiruvchilar o`zi aylanib kelib oldimga salfetka tashlab ketib turdi. 8 soat juda tez o`tib ketdi.
*Imtihonni 7 soat blokga 1 soat break 15 min tutorial deb o`ylar edim yo`q 45 min break 15 min tutorial ekan.
Tutorilni o`tkazib yubordim bloklarni quyidagi tartibda ishladim:
1-2 blocks - 5 min break
3 block - 10 min break
4th block - 15 min break
5th block - 15 min break
6th block - 15 min break
To`g`risini aytganda yoki kasalligim uchun, yoki bilmadim Examdan so`ng hech narsani his qilmadim - Feeling nothing.
Exam savollari UWORLD va NBME ga o`xshash. Behavedan ko`proq savol tushdi.
*Exam boshlanishidan oldin Headphone ni tekshirish uchun imkon berar ekan, bu sizni vaqtingiz hisobiga emas. Shu vaqtda tekshiruvni tez yakunlamasdan shu vaqtda men yonimdagi oq listga statistikadagi jadvallarni yozib chiqdim (True positive, FP) savol tushsa tezda javob berish uchun.
Tayyorgarlik jarayonimda nimani o`zgartirar edim
1) Albatta ertaroq boshlash
2) Study partner bilan birga tayyorlanish
3) 3 kundan katta break qilmaslik
Maslahatlar
1) Yuqorida shunchaki men bosib o`tgan yo`ldan parcha, sizga mos kelmasligi mumkin . O`z yo`lingizni toping. Chunki natijaga siz javob berasiz.
2) Atrofingizni o`zingizga o`xshash maqsadli insonlar bilan to`ldiring.
3) Sport bilan shug`ullaning. Sog`lom bo`lmasangiz breaklar ko`payib ketadi.
4) O`zingizni boshqalar bilan solishtirmang.
5) "USMLE is a marathon, not a sprint".

Alhamdilullah men bajara oldim, siz ham bu examni topshira olasiz!
Barchaga omad!