Urganch, Yangibozor, Gurlan va Shovot tumanlarida «Korrupsiya taraqqiyot dushmani» hamda «Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish» mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
XorazmKadastrKadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.O'razbayev, Komplaens-nazorat xizmati bo‘yicha bosh mutaxassis B.Eshchonov hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Jumabayevlar boshchiligida Urganch, Yangibozor Gurlan va Shovot tuman bo‘lim filiallarida har bir rahbar xodimlar bilan individual tartibda «Korrupsiya taraqqiyot dushmani»hamda «Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish» bo‘yicha davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Bunda asosiy maqsad har bir rahbar va xodimda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirishdan iborat.
Yig'ilish davomida quyidagi mavzular kun tartibiga chiqdi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlarida immunitetni shakllantirish;
-Korrupsiya holatlari alomatlari sezilganda zudlik bilan rahbar va kompaens-nazorat xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar berish;
- Xodim o‘z ishiga jiddiy yondashishi;
- Ichki tartib qoidalar rioya qilish (ishga o‘z vaqtida kelishi va ketishi, forma);
- Fuqarolar bilan ishlashda xodimlar navbatchilik grafigini tuzish, ularning muammolarini hal qilishga ko'maklashish
- Korxona va shaxsiy avtomashinalar bo‘yicha nazorat kuchaytirish;
Bugun viloyatimizda barcha sohalar kabi Kadastr agentligi tizimida ham korrupsiyani oldini olishga qaratilgan keskin choralar koʻrilmoqda. Xususan, barcha sohalar singari Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 - iyulidagi PQ-5177 sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan kamplaens nazorat xizmati tashkil etilgan bo‘lib, ushbu komplaens nazorat xizmati bir qancha vazifalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Jumladan o‘z tashkilotlarida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish hamda ularni sabab shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida xodimlarni huquqiy ongini oshirish, manfatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rishga qaratilgan.
Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar, agarda Sizlarda soxa xodimlari tomonidan yer maydoni ajratib berish, kadastr hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezroq tayyorlatib berish hamda kadastr to‘lovlarini arzonlatib berish va boshqa shu kabi korrupsion holatlar aniqlansa, zudlik bilan Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi komplaens nazorati xizmati xodimining +998 (95) 606 - 71 -71 raqamiga murojaat qilishlaringiz so‘raladi. Boshqarma maʼmuriyati tomonidan Sizlarni shaxsiy maʼlumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Unutmaylik korrupsiya illatiga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom qiling :
https://t.me/xorazm_kadastr_press
https://www.instagram.com/xorazm_yermulkkadastr
https://www.facebook.com/yermulkadastr
https://youtube.com/channel/UCGSCs1nGlcUm7b50Zr-nklg