Universität yoqi Hochschule?
Muhammadali(Admin)Hammamizga ma'lum, Germaniya o'qitish bo'yicha jahondagi eng yahshi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Lekin ko'pchilik Germaniyadagi oliy o'quv yurtlari turli xil ekanini bilishmaydi.
Iltimos agar @germandream gruppa azosi bolmasangiz, okishni to'xtating. Bu fakat gruppa azolari uchun. Baribir okishni davom ettirsangiz, erinmasdan gruppaga koshiling.
Germaniyada bakalavr va master darajasida o'qish uchun 2 xil oliy o'quv yurtlari mavjud:
- Universität (University)
- Hochschule (University of applied sciences)
Nimaga ikkiga xil turlar bo'rligini hechkim aniq aytolmaydi. Agar oylab karasak bu nemislardi osonlashtirish yo'liga kiradi, yani okish uchun ko'p yo'llar bor. Undan tashkari nemislardi maktab tizimiham uchga bolingan (Hauptschule, Realschule, Gymnasium) bu to'g'risida boshka safar. Lekin shu maktab tizimi bolinishi turli xil oliy o'quv yurtlar yaratilishiga sabab bolgan.
6-ta farqlar va faktlar:
Foto: Universität Heidelberg
- Hochschule universitetlardan ko'ra yoshroq ta'lim muassasa. Ularning ko'pchiligi 70-yillarda aholi o'rtasida oliy ma'lumotli kishilar sonini ko'paytirish uchun tashkil etilgan. Odatda Hochschuleda o'qiyotgan talabalar soni Universitetga karaganda kamroq, lekin Hochschule soni universitetlar sonidan qariyb 2 baravar yuqori.
- Ham universitetda ham Hochschuleda bakalavr va magistrning malakalari olinishi mumkin. Biroq, ayrim mutaxassisliklar faqat Universitetda oqitiladi, masalan: tibbiyot, huquq va konun(yuridicheskiy), fizika va bir qator boshka tabiiy fanlar.
- Universitetda talaba o'zi reja va jadval (Stundenplan) tuzishi kerak, yani qachon nima o'qishni o'zingiz hal qilasiz. Hochschuleda barcha talabalar uchun aniq reja va jadval tayyorlanadi. Kaysi fanlar boyicha ekzamen topshirishlikdi ikkala okuv yurtida talaba o'zi hal kiladi.
Foto: Campusjäger | Universitetlarda talaba soni koproq
4. Ko'plab Hochschule lar to'g'ridan-to'g'ri ko'plab kompaniya va tashkilotlar bilan ishlaydi, shuning uchun ularning maqsadi bu sohada ishlash uchun bitiruvchilarni tayyorlashdir. Hochschule o'qituvchilari nafaqat ilmiy ish tajribasiga ega bo'lishlari, balki korxonalarda amaliy mashg'ulotlarga ega bo'lishlari kerak.
5. Universitet leksiyasida 100-400 gacha talaba ham qatnashishi mumkin, Hochschule da esa talabalar kichik guruhlarda (20-70) o'qitiladi, asosan seminar va mashqlar orqali bilim olinadi. Yana bir muhim jihati shundaki, Hochschule da savollaringizga javob beruvchi Professor doim topiladi, universitetda esa Professoringizning sizdan boshqa yana ko'plab talabalari bo'ladi, bu esa sizni Professor bilan muloqot qilishga tosqinliq kiladi.
6. Hochschule da ham nazariya va amaliyot(Praktikum) o'rganiladi, universitetda ham shu narsalar o'tiladi. Ammo Hochschuleda o'qiyotgan talaba asosiy e'tiborini amaliyotga qaratadi, u o'qish davomida turli firma, korxonalar bilan birga ishlaydi (fakat praktika vaktida), va katta tajriba to'plab boradi. Shuning uchun Hochschule da o'qigan talaba ish topishga unchalik qiynalmaydi, chunki uni turli firmalar bilan kontakti bor, u tajriba to'plagan, u o'z ishini bemalol qila oladi. Bu degani Universitetda okigan talabada ish topish bilan kiyinchilik boladi degani emas. Universitetda o'qigan talaba asosiy vaqtini nazariy bilimlarga sarflaydi. Ko'plab teoriyalarni o'rganadi, amaliyot qilish imkoni bor, lekin u firmada yoqi Universitetdi ozida kilinishi mumkin. Hochschuleda praktikani Hochschuledi ozida kilib bolmaydi.
Foto: Hochschule Düsseldorf
Kim koproq ishga olinadi yoqi kim koproq topadi degan savollar sohaga boglik. Bunaka savollarga javob berish uchun bir sohada kancha odam okishini va bitiruvchilarga talab borligini aniqlash kerak. Bakalvr malumotida biz eng kop okiladigon sohalardi korsatganmiz.
Kaysi oliy o'quv yurtini tanlash sizni zimmangizda. Men Hochschuleda okiganim uchun Hochschuledi maslahat beraman. Universitetda okiyotgan talaba Universitetdi.
Sizga omad tilagan holatda,
Dikkat: Bu fakat gruppa azolari uchun. Ruhsatsiz tarkatish mumkin emas. Okimokchi bolsangiz gruppaga azo boling: @germandream