Universitetimizning 2 nafar talabasi "Hokim stipendiyasi" tanlovida munosib o'rinlarni qo'lga kiritdi

Universitetimizning 2 nafar talabasi "Hokim stipendiyasi" tanlovida munosib o'rinlarni qo'lga kiritdi

Universitetimizning 2 nafar talabasi "Hokim stipendiyasi" tanlovida munosib o'rinlarni qo'lga kiritdi

Toshkent viloyati hokimligi, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan iqtidorli yoshlarni kashf etish, qo'llab-quvvatlash, ijod va bilim egallashlariga ko'maklashish, intellektual salohiyatlarini ro'yobga chiqarish maqsadida "Hokim stipendiyasi" joriy qilindi.

Tanlovda viloyatda joylashgan 8 ta oliy ta'lim muassasalarining faol talabalari ishtirok etdi. Quvonarlisi, g’oliblar orasida Toshkent davlat agrar universiteti talabalari ham bor.

Agrologistika va biznes fakulteti Agrologistika yoʻnalishi III bosqich 94-guruh talabasi Yerjanov Shohrux Kabil o‘g‘li birinchi o'rinni, Turizm (agroturizm) yo‘nalishi II bosqich 20-151-guruh talabasi Xudayberdiyeva Mehribonu Burxon qizi 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

1-o'rin sohibiga bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari, 2-o'ringa esa bazaviy xisoblash miqdorining 2 barobari miqdorida stipendiya belgilangan va o'n oy davomida to'lab beriladi. G'oliblar viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha iqtidorli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Mukofotlanga talabalarni chin dildan muborakbod etamiz!

Report Page