Universitetimiz yosh olimlari va iqtidorli talabalarining ilmiy ishlari nufuzli xalqaro konferensiyada e'tirof etildi.

Universitetimiz yosh olimlari va iqtidorli talabalarining ilmiy ishlari nufuzli xalqaro konferensiyada e'tirof etildi.


Joriy yilning 25-26 aprel kunlari Rossiya xalqlar do'stligi universiteti (RUDN)da onlayn tartibda "Инновационные процессы в АПК" mavzusida o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada universitetning bir guruh professor-o'qituvchilari, yosh olimlari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

Ushbu konferensiyaning plenar yig'ilishida "Ichki yuqumsiz kasalliklar" kafedrasi mudiri, dotsent N.Ro'ziqulov so'zga chiqib, universitet rektori, professor X.Yunusovning konferensiya tashkilotchilari va ishtirokchilariga yo'llangan tabrik so'zini o'qib eshittirdi. Shuningdek, har ikki hamkor OTM o'rtasida olib borilayotgan e'tiborga molik ishlar to'g'risida ham to'xtalib o'tdi.

Shundan so'ng, konferensiya plenar yig'ilishida rejalashtirilgan ilmiy ma'ruzalar tinglandi.

Konferensiyaning ikkinchi kuni sho'baviy yig'ilishlar bo'lib o'tdi. Unda 5 ta sho'bada ma'ruzalar tinglandi.

Jumladan, konferensiyaning 1-sho'basida universitetning qo'shma ta'lim dasturi 1-bosqich iqtidorli talabasi Bolliyeva Sevinch Nuriddin qizi "Effective use of persimo fruits for processing" mavzusida ingliz tilida ma'ruza qoldi (Ilmiy rahbari, dotsent Sh.A.Ishniyazova).

Konferensiyaning 2-sho'basida universitetning 3-bosqich tayanch daktoranti Fayziyeva Sitora Faxriddinovna "Современные методы лечения диспепсии телят" mavzusida rus tilida ma'ruza qildi (Ilmiy rahbari, professor Q.Norboyev).

Konferensiyaning yakuniy natijalariga ko'ra Bolliyeva Sevinch Nuriddin qizi 1-o'rinni, Fayziyeva Sitora Faxriddinovna esa 2-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Universitetning ushbu iqtidorli yoshlarini va ularning ilmiy rahbarlarini o'lkan yutuq bilan tabriklaymiz.


Axborot xizmati.


Report Page