Universitet talaba-yoshlari ishtirokida "9-dekabr -Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan targ'ibot tadbiri tashkil etildi

Universitet talaba-yoshlari ishtirokida "9-dekabr -Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan targ'ibot tadbiri tashkil etildi

9 dekabr 2021 yil

"9 dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Axborot texnologiyalari fakulteti 1 bosqich talabalari ishtirokida targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirga Viloyat Adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Ashurov Jahongir tashrif buyurib, talaba-yoshlarga bugungi kunda korrupsiyaga kurashish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar, unga qo'llaniladigan jazo choralari, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar borasida ma'ruza qildi. Tadbir davomida soha mutaxassislari talabalarning savollariga to'laqonli javob berdilar. Targ'ibot tadbiri talaba-yoshlarning huquqiy jihatdan bilimlarini yuksalishiga xizmat qildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi

Report Page